Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


qismi va JK Maxsus qismining jinoyat bajaruvchisi uchun javobgarlikni  ko‘zda tutadigan tegishli modda bo‘yicha tasniflanadi.  NOTA BENE !



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

qismi va JK Maxsus qismining jinoyat bajaruvchisi uchun javobgarlikni 
ko‘zda tutadigan tegishli modda bo‘yicha tasniflanadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni qasddan boshqa shaxsda qonun 
bilan taqiqlangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qat’iyat 
uyg‘otgan shaxs dalolatchi deb topiladi (JK 28-moddasi 4-qismi). 
 
Dalolatchilik – bu muayyan shaxs yoki bir guruh shaxslarni muayyan 
aniq bir jinoyat sodir etishga qiziqtirishdir. Umuman, jinoiy faoliyatga 
yoki noaniq shaxslar doirasiga qarata qilingan da’vat dalolatchilik 
hisoblanmaydi. Dalolatchilik obyekt bo‘yicha ham, subyekt bo‘yicha ham 
aniqlashtirilgan bo‘lishi shart. 
Jinoyat sodir etishga da’vat etsa-da, jinoyat aynan qaysi obyektga 
qarshi qaratilishini ko‘rsatmaydigan shaxs dalolatchi deb topilishi mumkin 
emas. 
Umuman olganda, jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar 
guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar 
muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. 
Masalan, davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga 
qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga 
tajovuz qilish jinoyati (JK 159-moddasi), qirg‘in solishga yoki fuqarolarni 
zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etish (JK 244
1
-moddasi). 
Dalolatchining qonuniy ta’rifida unda amalga oshiriladigan vosita va 
shakllar aks etmagan. Dalolatchilik vosita va shakllarining to‘la ro‘yxatini 
mustahkamlab qo‘yish mumkin emas, shuning uchun u turli xil 
harakatlarda ifodalanishi mumkin. Bu yerda dalolatchi qanday vosita va 
shakllarni ishga solgani emas, balki bu vositalar qanchalik samara bergani 
muhimdir. Shuning uchun alohida hollardagina dalolatchi tomonidan 
ishlatilgan u yoki bu vosita va shakllarning samaradorligi haqida so‘z 
yuritish mumkin. 
Dalolatchilik og‘dirib olish, iltimos qilish, ishontirish, undirish, 
buyruq berish, zo‘rlik ishlatish, aldash va boshqa yo‘llar bilan amalga 
303 


oshirilishi mumkin. Dalolatchilikning bu tashqi ifodalanish shakllari 
yozma yoki og‘zaki faoliyatda, konklyudent yoki boshqa harakatlarda 
(imo-ishora va boshq.) yuzaga chiqishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin