Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 28-moddasi 2-qismida jinoyatni sodir etishda bajaruvchi 
tomonidan «o‘zga vositalar»dan foydalanish haqida ham so‘z yuritiladi. 
Mazkur holatda gap, jinoyat quroli yoki vositasi sifatida foydalanish 
mumkin bo‘lgan, yuqori xavflilik manbai haqida boradi. Fuqarolik 
huquqida yuqori xavflilik manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
uning egasi javobgar hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida mazkur 
prinsipdan foydalanish mumkin emas, chunki javobgarlik jinoyatni sodir 
etgan shaxs zimmasida hisoblanadi. Shu munosabat bilan avtomobil egasi 
emas, avtomobilni bevosita boshqarib, bevosita o‘zga shaxsni urib 
yuborgan shaxs javobgar bo‘ladi. Yuqori xavflilik manbalaridan jinoyat 
sodir etish vositalari (yoki qurollari) sifatida foydalanish holatlari ham 
aynan shunday kvalifikatsiyalanishi shart. 
Bajaruvchi sodir etgan jinoyatining subyekt tomoni to‘g‘ri yoki egri 
qasd bilan xarakterlanadi. Bajaruvchi boshqa ishtirokchilar bilan 
birgalikda o‘zi sodir etayotgan harakatlarining ijtimoiy xavfli xarakterini 
anglaydi, ular uchun umumiy, yagona oqibat yuzaga kelishi mumkinligi 
yoki muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi va shu oqibatining yuzaga 
kelishini istaydi yoki ongli ravishda shunga yo‘l qo‘yadi. 
Jinoyat tashkilotchisi – jinoyat ishtirokchilari ichida eng xavfli 
kishidir. U, odatda, jinoyat tashabbuskori bo‘ladi, muayyan jinoyatni sodir 
etish «g‘oya»si unga tegishli bo‘ladi, shundan so‘ng u amalga oshirgan 
barcha narsa (ishtirokchilarni izlab topish va birlashtirish, jinoyat sodir 
etish rejasini ishlab chiqish va ishtirokchilar harakatini uning ijrosiga 
yo‘naltirish, zaruriyatga ko‘ra ishtirokchilar harakatlarini 
muvofiqlashtirish hamda to‘g‘irlash va h.k.) jinoiy qasdni bajarishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Shu o‘rinda yodda tutish lozimki, jinoyatni sodir etishda tashabbus 
faqat tashkilotchiga tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. G‘ayriijtimoiy 
kayfiyatdagi shaxslar guruhi mavjud muayyan sharoitlarda, jinoyat 
bajaruvchilaridan biri ham tashabbuskor bo‘lib, uning roli jinoyatni sodir 
etish haqida fikr bildirishda ifodalanadi. Sud amaliyotida shunday 
«tashabbus» namoyon bo‘lishiga, masalan, bir guruh shaxslar tomonidan 
bezorilik, nomusga tegish va hokazo jinoyatlarda duch kelish mumkin. 
300 


Jinoyat tashabbuskori dalolatchi bo‘lishi ham mumkin. Uning roli 
jinoyat bajaruvchisida yoki boshqa ishtirokchilarda jinoyat sodir etishga 
qasd tug‘dirishda mujassamlashadi. Dalolatchi undan nariga bormaydi. 
Agar u ishtirokchilarni birlashtirish, ularga jinoyat sodir etish rejasini 
tayyorlash uchun harakatlar qilsa, ishtirokchilar faoliyatiga rahbarlik qilsa, 
u tashkilotchiga aylanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin