bajarishdagi harakatlarini tavsiflash bo‘yicha belgilaydi. Binobarin,
ishtirokchilik turini belgilovchi asosiy mezonlardan biri, har bir
ishtirokchining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki xarakteri va darajasidir.
Jinoyat sodir etishda shaxs
ishtirokining xarakteri har bir
ishtirokchining funksional rolini belgilaydi.
Uning jinoyatdagi
ishtiroki darajasi esa, shaxsning o‘z rolini bajarish
bo‘yicha harakatlari jadalligi haqida, uning hamjihatlikda sodir etiluvchi
jinoyatga hissasi haqida tasavvur beradi. Masalan, odam o‘ldirishda
yordamchilik shaxs jinoyat qurbonini qachon va qayerda poylash
qulayroqligi xususida maslahat berganda yoxud bajaruvchining iltimosiga
ko‘ra, unga qotillik qurolini topib berishda, bajaruvchiga jinoyat joyidan
tezda g‘oyib bo‘lishi uchun transport vositasini topib berishda va
hokazolarda ifodalanishi mumkin. Har ikki holatda ham yordamchining
funksional roli (ya’ni, ishtiroki xarakteri) bir xil, ammo ishtirok darajasi
turlichadir. Bundan tashqari, aynan harakatlar tavsifi ishtirokchilarni
turlarga ajratish imkonini beruvchi alomatlardir. Ishtirokchilar
harakatlarining xarakteri qonun chiqaruvchi tomonidan «tashkil etdi»,
«rahbarlik qildi», «og‘dirdi», «yordamlashdi» kabi ifodalarda tavsiflanadi.
Shu tariqa faqat jinoyatdagi ishtirokida, ya’ni yagona jinoyatning tashqi
tomonini bajarishda har bir ishtirokchi, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi
va yordamchilar o‘rtasidagi tafovutni topish, demak ular ayblanayotgan
muayyan jinoyatlar tarkiblarini topish ham mumkin.
Ishtirokchilikda sodir etiluvchi jinoyatda
bajaruvchi markaziy siymo
hisoblanadi. Bajaruvchi o‘zining qatorida boshqa funksional rolni
bajaruvchi shaxslar – tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi harakat
qilgan hollardagina mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: