Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

maslahatdir. Bu borada dalolatchilikning maslahatini jinoyatdagi aqliy 
yordamchilikni tashkil etuvchi yordamchilik maslahatidan ajrata bilish 
lozim. Dalolatchining aqliy yordamchidan farqini qo‘llanilgan vositalar 
emas, balki bajaruvchida uyg‘otiladigan motivlar bilan bog‘liq holda 
qarash kerak. Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech 
qanday aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni 
sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi. 
Dalolatchi qiziqtirilayotgan shaxsda jinoyat sodir etish istagini uyg‘otadi, 
aqliy yordamchi esa faqatgina mavjud istakni mustahkamlaydi, yangilarni 
keltiradi, jinoyat sodir etishga qo‘shimcha motivlar uyg‘otadi. Shu sababli 
muayyan holda dalolatchilikmi yoki aqliy yordamchilik bo‘lganligini 
aniqlash maqsadida maslahatning shaxsda mavjud jinoiy istakni 
mustahkamlash va yo‘naltirishga yoki bu istakni uyg‘otishga olib 
kelganligini bilish lozim.
Iltimos ishontirish va maslahatdan farqli ravishda dalolatchining 
manfaatlariga asoslanadi. Iltimos yordamida dalolatchi bajaruvchini 
bevosita o‘zining yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun xizmat 
qiluvchi harakatlarni sodir etishga undaydi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi 
tomonidan faqat o‘zining tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi 
mumkin. Dalolatchilik vositasining ruhiy ta’siri, asosan, dalolatchilik va 
qiziqtirilayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatiga bog‘liq. 
Ko‘ndirish iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni 
jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga 
soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin. 
Amaliyotda dalolat qilishning boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat 
qilish uchun mukofot va’da qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsni sotib olish 
yoki aldash bunga misol bo‘ladi. Bu kabilar amaliyotda «buyurtma» 
jinoyatlar deb nomlanadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, agar shaxs 
rag‘batlantirish orqali jinoiy niyatni yuzaga keltirsa, bunda dalolatchilik 
sifatida, agar unga alohida shartlar qo‘ysa, jinoyatni rejalashtirib, uning 
tartibini o‘rnatsa, bu faoliyat tashkilotchilik sifatida baholanishi, shaxsning 
o‘zi esa tashkilotchi deb topilishi shart. 
305 


Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatchilikning barcha vositalari amaliyotda 
ko‘p uchraydi. Biroq, ular dalolatchilik vositasi sifatida muayyan 
sharoitda, aniq holatlarda tan olinishi kerak. O‘z navbatida, subyektning 
har qanday boshqa harakatlari, agar uning yordamida jinoyat 
bajaruvchisida ko‘zda tutilgan jinoiy niyatning amalga oshirilishiga 
qat’iylik va ishonch yuzaga kelgan hamda shakllangan bo‘lsa, dalolatchilik 
deb tan olinishi zarur. Ko‘zda tutilayotgan bajaruvchining subyekt 
xususiyatlarini hisobga olgan holda dalolatchi do‘q-po‘pisa, xushomad, 
ba’zan esa ishora, yo‘l-yo‘lakay tashlangan so‘z kabilarga murojaat qilishi 
mumkin. 
Obyektiv tomondan dalolatchilik faqatgina muayyan bajaruvchini 
jinoyat sodir etishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan faol harakatlar bilan 
ifodalanadi. Harakatsizlik natijasida shaxsni jinoyat sodir etishga jalb etish 
mumkin emas, harakatsizlik faqatgina jinoyat sodir etishga yordam berishi 
mumkin, bu esa dalolatchilik chegarasidan chiqadi va muayyan holatlarda 
yordamchilik bo‘ladi. Konklyudent rozilik yoki muayyan jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bajaruvchining harakatlarini so‘zsiz 
qabul qilish dalolatchilik sifatida ko‘rilishi mumkin emas. 
Dalolatchilikning subyekt tomoni dalolatchi qanday harakat sodir 
etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat sodir etish istagini uyg‘otishga 
va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat qilishda ifodalanadi. Dalolatchi 
qilmishini kvalifikatsiya qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun uning 
qanday motivlar hamda maqsadlarda ish yuritganligining ahamiyati yo‘q. 
Shuning uchun u boshqa shaxsni keyinchalik uni fosh etish maqsadida 
jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni «jinoyat provokatsiyasi» holida ham 
javobgarlikka tortiladi. 
Dalolatchi, odatda, ishtirokchi-bajaruvchi tomonidan sodir etilgan 
muayyan jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlarni amalga 
oshirishda bevosita ishtirok etmaydi, dalolatchining harakatlari Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismining bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat 
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha, JK 28-moddasi 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin