Dalolatchi bajaruvchilardan biri sifatida jinoyat
sodir etishda bevosita
ishtirok etgan va bir vaqtning o‘zida tajovuz tashabbuskori bo‘lganida
birgalikdagi bajaruvchilik holati sud tomonidan jazoni
individuallashtirishda inobatga olinishi lozim.
Jinoyatning sodir etilishidagi o‘zining obyektiv roli bo‘yicha
yordamchi, (ba’zi istisnolar bilan) boshqa ishtirokchilarga qaraganda
kamroq xavf tug‘diruvchi shaxsdir: jinoyatni
sodir etish tashabbusi unga
tegishli bo‘lmaydi, u boshqa shaxslarning jinoiy faoliyatiga rahbarlik
qilmaydi. U bajaruvchiga faqatgina uning jinoiy niyatining amalga
oshirilishida jinoyat tarkibining obyektiv tomonini tashkil etuvchi
harakatlarni bajarmasdan ko‘maklashadi. Biroq mazkur chegaralarda ham
yordamchilarning harakat doirasi juda keng bo‘lishi mumkin: qasddan
odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va boshqa shu kabilarning ko‘zda
tutilayotgan
jarblanuvchilar oila a’zolari tarkibi haqidagi ma’lumotlarni bajaruvchiga
yetkazishidan tortib unga jinoyat sodir etish qurollarini taqdim etishigacha.
NOTA BENE !
Jinoyat sodir etilishiga maslahat, ko‘rsatma berish, jinoyat
qurollarini
taqdim qilish, to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, jinoyat
izlarini va
vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib
berishga oldindan va’da
beradigan shaxs yordamchi deb topiladi
(JK
28-moddasi 5-qismi).
Qonunda berilgan ta’rifda nafaqat yordamchi faoliyatining yo‘nalishi
(jinoyat sodir etishga ko‘maklashish) belgilab berilgan, balki
yordamchilarning uslub va vositalari ro‘yxati berilgan.
JK 28-moddasi 5-
qismida sanab o‘tilganidan boshqa hech bir harakat yordamchilik sifatida
tan olinishi mumkin emas.
Qo‘llaniladigan vosita va usullardan kelib
chiqib yordamchilikning
ikki turini – intellektual (aqliy) va jismoniy turlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: