Shuni aytish kerakki, Oliy sud instansiyasi uyushgan guruh jinoiy
ishtirokchilik shaklini ifodalovchi u yoki bu belgilar yuzasidan
tushuntirishlarni doimo yoritib boradi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida uyushgan guruhni tavsiflovchi
belgilarni aniqlash yuzasidan tushuntirishlar berilgan. Xususan, qayd
etiladiki, «uyushgan guruh deganda, transport vositalarini olib qochish
yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p
shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak»
1
. Mazkur qoida
uyushgan guruh belgilari bo‘yicha sodir etilgan boshqa jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilishga ham birday tegishlidir.
«Jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy
mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining
bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini,
jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir
ishtirokchi
o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan
ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy
intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat
qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim»
2
.
Dostları ilə paylaş: