ishtirokchilar obyektiv o‘zaro harakatining ifodasi bo‘lgani holda
ishtirokchilikni oddiy va murakkab turlarga ajratish asosida qo‘yiladi.
Jumladan,
ishtirokchilikning oddiy turiga doir obyektiv alomatlar
shunda namoyon bo‘ladiki, jinoyat ikki yoki ko‘proq shaxslar tomonidan
birgalikda sodir etiladi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni
barcha ishtirokchilar tomonidan rollar taqsimotisiz qisman yoki to‘liq
bajariladi, bu esa birgalikdagi bajaruvchilikdan guvohlik beradi. Oddiy
ishtirokchilikda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir etishga
qiziqtirishi,
tashkilotchi yoki dalolatchiga aylanishi, shu bilan birga ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilishida bevosita qatnashishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar
ham mavjud. Bunday vaziyatlarda unga boshqa ishtirokchilar (bosh-
qalarning so‘zsiz, konklyudent roziligidan dalolat beruvchi) qo‘shilishi
mumkin. Boshqalarning jinoiy tajovuzga qo‘shilishida ifodalanadigan va
amaliyotda, ayniqsa, voyaga
yetmaganlar, bir guruh shaxslar tomonidan
sodir etiladigan nomusga tegish, bezorilik va boshqa shu kabi jinoyatlarda
ko‘p uchraydigan birgalikdagi bajaruvchilikning aniq namoyon bo‘lishini
ko‘rishimiz mumkin.
Murakkab ishtirokchilikda ham jinoyat
bir necha shaxslar
tomonidan sodir etiladi, biroq ularning faoliyati belgilangan rollar
taqsimoti, ya’ni jinoyatning bevosita bajaruvchisi qatorida tashkilotchi,
dalolatchi, yordamchi yoki aqalli ulardan biri mavjudligi bilan
xarakterlanadi.
Murakkab ishtirokchilik ishtirokchilikning turi sifatida shu bilan
xarakterlanadiki, jinoyat obyektiv tomonini
tashkil etuvchi, JK Maxsus
qismining muayyan moddasida nazarda tutilgan qilmish bevosita barcha
ishtirokchilar tomonidan emas, faqat ulardan biri yoki
bir nechasi
tomonidan sodir etiladi. Boshqalar esa, jinoyat obyektiv tomonini
bajarishda umuman ishtirok etishmaydi, hatto qisman bajarishmaydi va
uning sodir etilishi jarayonida bevosita ishtirok qilishmaydi. Masalan,
o‘g‘irlikning bir ishtirokchisi (tashkilotchisi) jinoyat sodir etilishini
tashkillashtirdi, reja tuzdi, ishtirokchilarni yig‘di va hokazo, boshqa
ishtirokchi (bajaruvchi) esa o‘zganing mulki yashirincha o‘g‘irlanishini
bevosita
sodir etdi, uchinchisi (yordamchi) o‘g‘irlangan mulkni olib ketish
313
uchun transport vositasini taqdim etdi va keyinchalik mol-mulkni o‘tkazdi,
shundan so‘ng olingan mablag‘ barcha ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib
olindi.
Dostları ilə paylaş: