Miqdor ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning
jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning
oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylaganidan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi (masalan,
o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari o‘rniga – og‘ir tan jarohatlari, talonchilik
o‘rniga – bosqinchilik) yoki oldindan til biriktirilgan jinoyatning
kvalifikatsiyali turini sodir etadi (oddiy odam o‘ldirish o‘rniga – o‘ta
shafqatsizlik bilan). Bajaruvchi eksessining mazkur turida boshqa
ishtirokchilar o‘zlarining niyati bilan qamrab olingan tugallangan jinoyat
uchun yoki tugallanmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish yoxud suiqasd)
uchun javobgarlikka tortilishadi.
332
Jinoyat huquqi nazariyasida «muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik»
tushunchasiga doimo alohida urg‘u berilib, keng ma’noda u natijasiz
(samarasiz) jinoiy tashkilotchilik, dalolatchilik yoki yordamchilik faoliyati
sifatida tushunilgan, zero, bu holatda bajaruvchi jinoyat sodir qilishga
umuman niyat qilmagan yoki jinoyat sodir qilishdan ixtiyoriy qaytgan
bo‘ladi
1
.
Mazkur holatlarda bajaruvchi umuman javobgarlikka tortilishi
mumkin emas, jinoyatning boshqa ishtirokchilari esa ishtirokchilikda
jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish uchun
(bajaruvchi jinoyatdan qaysi bosqichda bosh tortganiga bog‘liq) jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishtirokchilar jinoiy
qasdini oxirigacha yetkazmagan bo‘lsa (masalan, jinoiy faoliyatga huquqni
muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa shaxslar tomonidan chek
qo‘yilgan), uning harakatlari tugallanmagan jinoyat to‘g‘risidagi normalar
asosida (25-moddaga havola qilib) kvalifikatsiya qilinadi, boshqa barcha
ishtirokchilarning harakatlari esa JK 25–28-moddalari va JK Maxsus qismi
tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Umuman, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
huquqiga nafaqat bajaruvchi, balki boshqa harakatdagi shaxslar ham ega.
Ixtiyoriy qaytish istalgan ishtirokchida, ishtirokchilikning har qanday
shaklida, jinoyatni bajarishning har qanday bosqichida, biroq jinoiy oqibat
yuzaga kelgan paytga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bunda
tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining ixtiyoriy qaytishiga nisbatan
qonun qattiqroq talablar belgilaydi. Jumladan, JK 30-moddasi 5-qismiga
muvofiq, «Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy
ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan
barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi jinoyatda ishtirokchilik uchun
javobgarlikni istisno qiladi». Mazkur qoidadan aniq-ravshan ma’lum
bo‘ladiki, tashkilotchining, dalolatchining yoki yordamchining ixtiyoriy
rad etishi faqat faol bo‘lishi, ya’ni tayyorlanayotgan jinoyatning bartaraf
1
При неудавшемся соучастии отсутствуют либо преступные деяния исполнителя, либо объективная связь
между его деяниями и деяниями других соучастников, в силу чего намерения последних остаются
нереализованными, несмотря на все их усилия.
333
etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat
organlariga vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki
dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini
bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni
o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi
lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini
ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy
natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv
tomonning amalga oshirilishining oldini olishi lozimligi sharti bilangina
bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan
qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga
qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida
yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin.
Yordamchi o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq-
atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni
yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish
sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni
amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf
kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining ustidan chiqmagan bo‘lsa,
tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga
qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy
bog‘liqlikda bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning
turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy)
aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga,
ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq
neytrallashtirishida ifodalanishi lozim. Gap shundaki, yordamchining
maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan
so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi
mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish
majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo
334
etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z
harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon
bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz
yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida
kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal
qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini
yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim
etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf
etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining
o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori
yetarli bo‘ladi.
Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat
sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni
sodir etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida,
ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini
saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy
javobgarligi istisno etiladi, biroq u JK 241-moddasi 2-qismida
ko‘rsatilgan shartlarning mavjudligida jinoyat haqida xabar bermaganlik
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar bajaruvchi jinoyatni
oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda
bajara olmasa va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini
kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi,
yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik
uchun javobgar bo‘ladilar.
Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilikni kvalifikatsiya qilish
masalasi ham alohida ko‘rib chiqishni talab etadi. Afsuski, ushbu masala
hali to‘liq hal qilinmagan. Shuning uchun mazkur vaziyatda O‘zbekiston
Respublikasining jinoyat-huquqiy doktrinasi va sud-tergov amaliyotiga
tayanish darkor. Ularni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, maxsus
subyekt belgilariga mos kelmaydigan shaxslar tegishli jinoyatni bevosita
bajaruvchilar ham, birgalikda bajaruvchilar ham bo‘lishlari mumkin emas,
ularning maxsus subyektli jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki faqat
335
tashkilotchilik faoliyatida, dalolatchilik yoki yordamchilikda namoyon
bo‘lishi mumkin. Xususan, agar JK Maxsus qismining tegishli moddasida
maxsus ko‘rsatilgan jinoyat subyekti bo‘lmagan shaxs bevosita ushbu
jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, ya’ni amalda to‘liq yoki qisman uning
obyektiv tomonini bajargan bo‘lsa, bu shaxs mazkur jinoyat uchun JK 28-
moddasining tegishli qismiga havola qilingan holda jinoiy javobgarlikka
tortilishi shart.
Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus subyektli jinoyatda
ishtirokchilik vaziyatini shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki
aqli noraso bo‘lgan holatlardan ajrata bilish zarur. Ko‘rsatilgan ikki
holatda ishtirokchilik haqida emas, balki bilvosita (vositachi) bajaruvchilik
haqida gap ketadi.
Dostları ilə paylaş: |