Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikning maxsus



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

5-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikning maxsus 
masalalari 
Jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikning maxsus masalalari 
ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga 
ega holatlar, xususan, bajaruvchining eksessi, ishtirokchilarning jinoyatdan 
ixtiyoriy qaytishi, maxsus subyekt va shunga o‘xshash holatlar bilan 
bog‘liq. 
Bajaruvchi eksessi tushunchasining (lotincha excessus – chekinish, 
og‘ish, bo‘yin tovlash) qonuniy mustahkamlanishi JK 30-moddasi 4-
qismida ifodalangan bo‘lib, unda boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati 
bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar 
bo‘lishi belgilanadi. 
Bajaruvchi eksessi JKda nazarda tutilgan har qanday ishtirokchilik 
shaklida bo‘lishi mumkin, bunda bajaruvchining boshqa ishtirokchilar 
bilan oldindan kelishilmagan mustaqil harakatlari yuridik ahamiyat kasb 
331 


etishi shart. Masalan, odam o‘ldirish jinoyati oldindan kelishib olinganidek 
kech oqshomda emas, kunduzi sodir etilgan yoxud o‘qotar emas, sovuq 
qurol yordamida sodir etilgan bo‘lsa, eksess holati mavjud bo‘lmaydi, 
zero, mazkur shart-sharoitlarning amalga oshirilgan ish kvalifikatsiyasiga 
hech qanday ta’siri yo‘q. Eksessda ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy 
faoliyati yuzasidan obyektiv asoslar (ishtirokchilar harakatlari bilan sodir 
qilingan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish), subyekt asoslar 
(bajaruvchilar o‘rtasidagi subyekt aloqalar) mavjud bo‘lmaydi, bu esa 
qolgan ishtirokchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi. 
Eksess bajaruvchi sifat va miqdor belgilariga ko‘ra, bajaruvchi 
harakatlari umumiy jinoiy niyatdan qanchalik chetga chiqishi xarakteriga 
bog‘liqdir. 
Sifat ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchining harakatlari boshqa 
ishtirokchilar bilan kelishib olingan jinoyatlar bilan bir qatorda yana bir 
yoki bir necha jinoyat sodir etishni zimmasiga oladi. Masalan, talonchilik 
sodir etish uchun til biriktirishda ishtirokchilardan biri o‘zganing mulkini 
talon-toroj qilgandan so‘ng qasddan jabrlanuvchini o‘ldiradi yoki qonunga 
xilof ravishda giyohvand va psixotrop moddalarni egallab oladi. Bu holda, 
bajaruvchi sodir qilingan jinoyatlar jami bo‘yicha yoxud amalda sodir 
qilingan jinoyati va birgalikda qasd qilgan jinoyatga tayyorgarlik uchun 
javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Bunda, boshqa ishtirokchilar faqat 
birgalikda qasd qilgan jinoyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish uchun 
javobgarlikka tortiladilar. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin