Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

xil jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish (JK 118-moddasi) va 
davlatga xiyonat qilish (JK 157-moddasi), firibgarlik (JK 168-moddasi) va 
bezorilik (JK 277-moddasi) har xil jinoyatlardandir. 
Bir qancha jinoyat sodir etishni bitta murakkab jinoyatlardan: 
davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardan ajrata bilish kerak. 
1
Данный вывод, в частности, следует из анализа положений постановления Пленума Верховного суда 
Республики Узбекистан «О практике назначения судами уголовного наказания», где в ч.6 п.49 указано, что 
«при признании лица виновным в совершении тождественных деяний, предусмотренных разными частями 
одной и той же статьи Особенной части Уголовного кодекса, наказание назначается по той части статьи, 
которой установлено более строгое наказание (статья 33 УК)» (см.: Постановление Пленума Верховного суда 
Республики Узбекистан от 3 февраля 2006 г. № 1 «О практике назначения судами уголовного наказания» // 
Сборник, Т.2. – С. 505). 
347 


Bir qancha jinoyat sodir etishga xos bo‘lgan xususiyat bir necha 
alohida jinoyatlardir. Tegishlicha alohida bir jinoyat bir qancha jinoyat 
sodir etishning tarkibiy elementidir. o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra 
alohida jinoyatlar bir-biridan ancha farq qiladi. Yuridik adabiyotlarda 
ularni oddiy va murakkab jinoyatlarga bo‘lish qabul qilingan. 
Oddiy alohida jinoyatlar uch turga bo‘linadi: bir oqibatni keltirib 
chiqaruvchi bir harakatli (harakatsizlikka ega) jinoyatlar; bir qilmishli va 
bir necha oqibatli jinoyatlar; ikki yoki undan ortiq qilmishli jinoyatlar; 
muqobil qilmishli jinoyatlar. 
Masalan, odam o‘ldirish oddiy alohida jinoyatga misol bo‘la oladi. 
Bunda bir qilmish bir oqibatni – jabrlanuvchining o‘limini keltirib 
chiqaradi. O‘g‘rilik ham shunday jinoyat hisoblanadi. Bunda bir qilmish – 
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, bir oqibat – mulk egasiga 
mulkiy ziyon yetkazish mavjud. 
Oddiy alohida jinoyat oqibatlari tegishli tarkib doirasidan tashqarida 
bo‘lgan (formal tarkibli jinoyatlar) bir qilmishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish (JK 112-moddasi), yolg‘on 
guvohlik berish (JK 238-moddasi) shunga misol bo‘la oladi. 
Qonunda ko‘rsatilgan bir necha oqibatni keltirib chiqargan bir 
qilmishli jinoyatlarga misol JK 204-moddasining 1-qismi bo‘lishi mumkin, 
bunda bir harakat – alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tartibini 
buzish va ikki oqibat – katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar ko‘rsatilgan. 
Ikki harakatli oddiy alohida jinoyatlarga mansab soxtakorligi (JK 209-
moddasi 1-qismi) misol bo‘la oladi. Bu yerda hujjatlarga soxta 
ma’lumotlar kiritish va ularni taqdim etish ushbu qilmishni sodir etishning 
variantlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Muqobil qilmishli oddiy alohida jinoyatlarga, qisman, mansabdor 
shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini 
qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi kiradi. 
Ushbu holatda jinoiy javobgarlikka tortish uchun ko‘rsatilgan 
harakatlardan hech bo‘lmaganda bittasining sodir etilishi yetarlidir 
(masalan, faqat mazkur sud hujjatlarining bajarilishga to‘sqinlik qilish). 
348 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin