bosqinchilik (JK 164-moddasi), keyin bezorilik (JK 277-moddasi) sodir
etilgan.
Jinoyatlar real majmuining xususiyati qilmishlarning vaqtda
bir-biriga
mos tushmasligidir. Bunda jinoiy qilmishlar bir vaqtda sodir etilgandek
bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin. Bunday kombinatsiyaga
faqat bir subyekt
sodir etgan qilmishlar umumiy belgilarga ega bo‘lgan vaziyatlardagina
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, qisman, bezorilik oqibatida odam
o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi «l» bandi) JK 277-moddasi bo‘yicha
qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Ayni paytda «agar
jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish va jamiyatga nisbatan ochiqdan-
ochiq hurmatsizlik bildirish, shuningdek, o‘zganing mol-mulkini yo‘q
qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bog‘liq harakatlar aybdor
tomonidan bezorilik oqibatida odam o‘ldirish jinoyatidan so‘ng qasddan
sodir etilgan bo‘lsa, qilmish JK 97-moddasi ikkinchi qismining «l» bandi
hamda Jinoyat kodeksi 277-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinishi kerak»
1
.
Dostları ilə paylaş: