Jinoyat kodeksining turli moddalariga tushadigan qilmishlarni sodir etish qonunda «...Maxsus qismning turli moddalarida yoki bitta
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan» qilmishlarni sodir etish
kabi ifodalanadigan turli xildagi va bir turdagi jinoyatlarni sodir etish
majmui deb tan olishdan boshqa narsa emas.
JK 33-moddasi 2-qismiga asosan, «agar shaxs sodir etgan qilmishda
ushbu Kodeks Maxsus ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda
tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq
jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi». Shuni nazarda
tutish zarurki, ushbu norma ijtimoiy xavfli qilmishning mazmunida JK
maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan
kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud hollarni nazarda tutadi. Aynan
shunday hollarda qonun chiqaruvchi og‘irroq javobgarlik nazarda tutilgan
modda qismi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishini belgilab qo‘ygan.
Bunday hollarda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda jinoyatlar majmui
359
mavjud emas. Biroq bir qator hollarda har xil jinoyatlar uchun javobgarlik
JK maxsus qismining aynan turli moddalarida nazarda tutiladi. Bu, asosan,
modda qismi tegishli alohida jinoyatni to‘la tasvirlab mustaqil sanksiyaga
ega bo‘lgan moddalarda mavjud. Masalan, JK 148-moddasining 1-qismida
bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish yoki ishga tiklash
to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaslik, shunday qilmishlar uchun ma’muriy
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan,
ushbu moddaning 2-qismida esa ayolni homiladorligi yoki yosh bolani
parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy
ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish uchun; JK 234-moddasi 1-
qismida bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega
bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi, shu
moddaning 2-qismida esa, bila turib qonunga xilof ravishda hibsga olish
yoki hibsda saqlash uchun javobgarlik belgilangan. Shuning uchun agar
aybdor avvaliga shaxsni ishga tiklash haqidagi sud qarorini bajarmagan
bo‘lsa, keyin ayolni homiladorligi motiviga asoslanib ishga qabul
qilmagan bo‘lsa uning harakatlari mehnat qilish huquqini buzish sifatida
JK 148-moddasi 1- va 2-qismlari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Jinoyatlar majmui faqat har xil yoki turdosh jinoyatlar bo‘yicha hosil
bo‘ladi, lekin aynan bir xil jinoyatlar bo‘yicha hosil bo‘lmaydi. Jinoyatlar
majmuining jinoyatlar takroranligidan farqi ham mana shunda. Jinoyatlar
majmuida sodir etilgan qilmish har doim shaxs tomonidan ikki yoki undan
ortiq turdosh yoxud mustaqil kvalifikatsiya qilinadigan har xil jinoyatlar
sodir etilishini nazarda tutadi, jinoyatlar takroranligida esa sodir
etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmish bir xil bo‘ladi va faqat alohida hollarda
turdosh yoki har xil bo‘lishi mumkin.
Masalan, o‘g‘rilik (JK 169 - moddasi) va odam o‘ldirish (JK
97-moddasi)da jinoyatlar majmui mavjud. Bu qonunga zid qilmishlar
jinoiy-huquqiy himoyaning turli obyektlariga qaratilgan: birinchisi –
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, ikkinchisi – boshqa
odamni zo‘rlik ishlatib hayotdan mahrum qilish. Bu holatda har xil jinoiy
tajovuzlar yaqqol mavjud. Masalan, o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) va
360
firibgarlik (JK 168-moddasi) sodir etishda jinoyatlar majmuida
tajovuzlarning turdoshligi haqida gapirish mumkin bo‘lib, bularda aynan
bir obyektga tajovuz haqida gap bormoqda va ular JK maxsus qismining
bir bobiga biriktirilgan.