Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

2-§. Takroran jinoyat sodir etish
Jinoyatni takroran sodir etish – bir xil, ba’zan esa bir turdagi 
jinoyatlardan iborat o‘ziga xos tuzilishga ega barqaror aloqalar tizimidir. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, 
Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda 
tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, 
ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat 
sodir etish deb topiladi (JK 32-moddasi 1-qismi)
Takroran jinoyat sodir etishning bir qancha belgilari quyidagilardir: 
– shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi; 
– jinoyatning turli vaqtlarda sodir etilishi; 
– aynan bir moddada, qismda, ba’zi hollarda esa, turli moddalarda 
nazarda tutilgan yangi jinoyatning sodir etilishi; 
– shaxsning sodir etilgan jinoiy qilmishlaridan birortasi uchun ham 
sudlanmaganligi. 
Jinoyat qonuni ma’nosida takroran jinoyat sodir etish (umuman, bir 
qancha jinoyat sodir etish singari) bir shaxs tomonidan har biri jinoiy 
jazoga sazovor, jinoyat bo‘lmish ijtimoiy xavfli harakatlarni kamida ikki 
marta sodir etishni nazarda tutadi. Jinoyat kodeksi qator dispozitsiyalarida 
ma’muriy preyuditsiya nazarda tutilgan hollariga qaramay, harakatlardan 
353 


biri o‘zida ma’muriy huquqbuzarlik, boshqasi jinoiy qilmish belgilarini 
aks ettiruvchi shaxs qilmishi takroran jinoyat sodir etish belgilari bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Masalan, 
«Jinoyat kodeksining 183-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka 
ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil mobaynida 
monopoliyaga qarshi qonunlarni takroran buzgan shaxslar tortilishi 
lozim»
1
. Biroq, ma’muriy preyuditsiyaning mavjudligi jinoiy jazoga 
sazovor jinoyatlarning ham ma’muriy preyuditsiyasida takroran sodir 
etishni tan olish imkoni va zarurati sifatida qabul qilinishi mumkin emas. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin