– JK Maxsus qismining mustaqil moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya
qilinadigan, ya’ni bir xildagi yoki har xil jinoyatlar sodir etilishi;
– agarda birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lsa, ya’ni ular
hech bo‘lmaganda bittasi uchun sud hukmi chiqquniga qadar sodir etilgan
bo‘lishi.
Shaxsning ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi, jinoyatlar
majmuining zarur belgisi sifatida, jinoyatlarning har biri alohida, mustaqil,
yagona jinoyat xususiyatiga ega ekanligini anglatadi. Bunda ularning
uyg‘unlashib ketishi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, aybdor ikki yoki
undan ortiq oddiy alohida jinoyat sodir etishi yoki bitta oddiy va shu bilan
birga davomli yoxud uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etishi yo bo‘lmasa
ikkita davomli yoki uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etishi mumkin.
Jinoyat majmui uchun, shuningdek, jinoyatlar ketma-ketligi turli
vaqtlarda sodir etilishi xosdir. Keyingi jinoiy qilmish ma’muriy yoki
boshqa huquqbuzarlikni emas, balki aynan jinoyatni tashkil etadi. Faqat
shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat majmui bir qilmish bilan ikkita jinoyatni
sodir etish hollarida ham vujudga kelishi mumkin. Bu hodisa jinoyat
huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal majmui (jami) deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: