Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

raqobatidan ajratish lozim. Jinoyat-huquqiy normalar raqobati aybdor 
shaxs qilmishining Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ikki yoki undan ortiq 
moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilish mumkinligi aniqlangan 
jinoyatlarning ideal majmui bilan tashqi o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bitta 
qilmish bilan sodir etiladigan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar bo‘lganda va 
ularning har biri maxsus qism turli moddalari bilan ko‘zda tutilgan 
javobgarlik bo‘lgandagi jinoyatlar ideal majmuidan farqli o‘laroq jinoyat-
huquqiy normalar raqobatida ikki yoki undan ortiq jinoyat-huquqiy 
normalar belgilari, ya’ni Maxsus qism moddalari bilan qamrab olinadigan 
bitta qilmish bo‘ladi. Amaldagi jinoyat qonuni mazkur vaziyatda qaysi 
norma qo‘llanishi lozimligini ko‘rsatmaydi. Boshqa tomondan, 
raqobatdagi normalar yig‘indisi bo‘yicha qilmishni kvalifikatsiya qilish 
noto‘g‘ridir, chunki, birinchidan, bu bitta jinoiy qilmish sodir etilgan bo‘la 
turib, sun’iy ravishda bir qancha jinoyat sodir etishni yuzaga keltiradi; 
ikkinchidan, qator hollarda raqobatdagi normalarni jinoyatlar majmui 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilish asossiz tarzda jinoiy javobgarlikni oshiradi. 
Bu borada normalar raqobatlashuvida kvalifikatsiya qilish qoidalari 
mavjud. 
1
Ўша жойда, 8-банд, 2-хатбоши. 
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 15 мартдаги «Савдо соҳасидаги 
жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 9-сонли қарори, 5-
банди // Тўплам, 1-жилд. – 52-б. 
364 


Xususan, eng keng tarqalgan raqobatdagi normalar turi – bu umumiy 
va maxsus norma raqobatidir. Mazkur holatda raqobatlashuvchi ikkita 
jinoyat-huquqiy normalardan biri umumiy, ikkinchisi esa, maxsus, ya’ni 
umumiy normada bayon etilgan turli xil qilmishlarni nazarda tutuvchi 
norma bo‘ladi. Bu yerda normalar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish 
mumkin emas, shaxsni maxsus normani qo‘llab aybdor deb topish 
to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, o‘zboshimchalik, ya’ni haqiqiy va faraz 
qilingan huquqlarni amalga oshirish (JK 229-moddasi) va yer 
uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish (JK 2291-moddasi). 
Quyidagilar umumiy normaga nisbatan maxsus normani qo‘llashga asos 
bo‘lib hisoblanadi. Har ikki modda sodir etilgan qilmishni u yoki bu 
darajada qamrab oladi. Biroq maxsus norma nisbatan aniqroq 
dispozitsiyani va shundan kelib chiqib, sodir etilgan huquqqa xilof ijtimoiy 
xavfli qilmishning o‘ziga xos xususiyatlari va spetsifik tomonlarining 
aniqlanishini nazarda tutgani uchun maxsus normaning qo‘llanilishi 
qilmish kvalifikatsiyasi nuqtai nazaridan ham, aybdorni jinoiy 
javobgarlikka tortish nuqtai nazaridan ham asosli bo‘ladi. Shunday qilib, 
JK 2291-moddasi JK 229-moddasida mustahkamlangan belgilar bilan bir 
qatorda qilmishning ijtimoiy xavflilik xarakteri va darajasini ifodalovchi 
maxsus belgilarga ham ega. 
Kvalifikatsiyalovchi belgilarga ega qilmish sodir etilgan bir paytda, 
ushbu qilmishda aybni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya qilishga sabab 
bo‘ladigan boshqa belgilar ham mavjud bo‘lganda, jinoyatlar majmui 
bo‘lmaydi. Qilmish mazkur holatda jinoyatni sodir etganlik uchun 
yengilroq jazoni ko‘zda tutgan JK moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi 
(masalan, affekt holatida o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish, JKning 
98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur). 
«Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni 
yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha 
moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 
javobgarlikni ko‘proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya 
qilinishi kerak (masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va 
365 


kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish faqat JK 100-moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim)»
1

Raqobatdagi normalarni normalar kolliziyasidan farqlash talab 
etiladi. Zero, oxirgi holat normalar o‘rtasida muayyan ziddiyat, qarama-
qarshilik mavjud bo‘lishini taqozo etadi, raqobatdagi normalarda esa bu 
holat yo‘q. Normalar kolliziyasi, mazkur normalarga aloqador konkret 
jinoyatlar mavjudmi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, vujudga kelishi 
mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin