Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

4-§. Retsidiv jinoyat
Retsidiv jinoyat bir qancha jinoyatlar tizimida eng xavfli shaklidir. 
NOTA BENE ! 
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan 
keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi (JK 
34-moddasi 1-qismi)
Retsidiv jinoyat bir qancha jinoyatlar shakli sifatida, ilgarigi qasddan 
qilgan jinoyati uchun shaxs muayyan turdagi jazoga hukm qilinganidan 
keyin qasddan yangi jinoyat sodir qilganlikdan iboratdir. Bu quyidagi 
ikkita belgiga asoslangan umumiy yoki oddiy retsidiv jinoyatdir: 
– qasddan yangi jinoyat sodir etilishi; 
– ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun shaxsning hukm 
qilinganligi. 
Ta’kidlash joizki, mazkur belgilar JK 34-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan, 
barcha turdagi retsidiv jinoyatlar uchun – oddiy, xavfli va o‘ta xavfli 
retsidiv jinoyatlar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi. 
Retsidiv jinoyat shaxs ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sudlanganidan 
keyin maxsus qismning boshqa bir moddasida nazarda tutilgan jinoyatni 
qasddan sodir etishidir. Shu sababli aybning ehtiyotsizlik shaklidagi ikki 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 9-банд // 
Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 14-б. 
366 


yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish hollari, garchi shaxs ehtiyotsizlik 
orqasida sodir etgan jinoyati uchun ilgari javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, 
retsidiv jinoyat deb topilishi mumkin emas. Mazkur qoida to‘la ravishda 
ehtiyotsizlik orqasida va qasddan jinoyat sodir etish hollariga ham 
tegishlidir. 
Sudlangandan so‘ng takroran qasddan jinoyat sodir etilishi shaxsning 
unga ogohlantiruv-tarbiyaviy ta’sir etilganligiga qaramay, to‘g‘ri yo‘lga 
kirmaganligidan guvohlik beradi. Shuning uchun, bunday jinoyat jamiyat 
va davlat tomonidan yanada qattiqroq qayta javobni (reaksiyani), 
retsidivistga nisbatan qo‘shimcha jinoiy javobgarlik va jazo choralarini 
qo‘llash zaruratini taqozo etadi. 
Retsidiv jinoyatlarga turli vaqtda, ketma-ket sodir etilish xos bo‘lib, 
bunda qasddan sodir etiladigan yangi jinoyatlar o‘xshash, bir turdagi va 
har xil turdagi jinoyatlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, «Jinoyat 
kodeksi 34-moddasi mazmuniga ko‘ra, retsidiv jinoyat mavjudligi 
haqidagi masalani hal etishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam 
sudlangan qasddan sodir etilgan jinoyat tamom bo‘lgan yoki tamom 
bo‘lmagan jinoyat ekanligi, shuningdek, ushbu jinoyatlardan qay birida 
bo‘lsin shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi bo‘lganligi ahamiyatga ega 
emas»
1
.
Retsidiv jinoyatning aniqlovchi belgisi shaxsning ilgari qasddan 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin