Penitentsiar retsidivda ilgari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga
hukm qilingan shaxs, avvalgi jinoyat uchun sudlanganlik muddati
davomida
yangi jinoyat sodir qilib, yana ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga hukm qilinadi. Mazkur retsidiv turining nomi
ham jazoni
ozodlikdan mahrum qilish joylarida o‘tash bilan bog‘liq.
o‘ta xavfli retsidiv tushunchasi jinoyat huquqida uning qonundagi
ta’rifiga to‘la mos, ya’ni u, sud hukmiga asosan, o‘ta xavfli
retsidivist deb
topilgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgan paytda kuzatiladi.
«Bir qancha jinoyat sodir etish»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Bir qancha jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Uning
ahamiyati nimada?
2. Bir qancha jinoyatlar sodir etishning qanday zaruriy belgilari
mavjud?
3. Qanday turdagi jinoiy qilmishlar bir qancha jinoyatlarni
tashkil
qiladi?
4. Bir qancha jinoyatlarning yagona jinoyatdan farqi nimada?
Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar ostida nima tushuniladi?
5. Amaldagi qonunchilikda bir qancha jinoyat sodir etishning qanday
turlari mavjud?
6. Takroran jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Bir qancha
jinoyat sodir etishning mazkur turi bo‘yicha
kvalifikatsiya qilishning
qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
7. Jinoyatlar majmui ostida nima tushuniladi? Uning qanday zaruriy
belgilari mavjud? Jinoyatlar majmuining qanday turlarini bilasiz?
8. Jinoyatlar majmuini takroriylikdan farqlab bering.
9.Jinoyatlar real majmuining jinoyatlar ideal majmuidan tafovuti
nimada? Qilmishni jinoyatlar ideal majmui bo‘yicha kvalifikatsiya
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Qonun tomonidan inobatga
olingan jinoyatlar ideal majmui va qonunda inobatga
olinmagan jinoyatlar
ideal majmui nimada ifodalanadi?
375
10. Raqobatdagi normalar deganda nima tushuniladi? Uning bir
qancha jinoyatlarni sodir etishdan qanday farqlari mavjud? U yoki bu
turdagi raqobatdagi normalar mavjudligida kvalifikatsiya
qilish qoidalari
nimadan iborat?
11. Retsidiv jinoyat ostida nima tushuniladi, uning asosiy belgilari
nimada? Qilmishda jinoyatlar majmui va retsidiv birikishi mumkinmi?
12. Amaldagi JKda retsidivning qanday turlari ajratiladi? Jinoyat-
huquqiy doktrinada retsidivning qaysi turlari mavjud?
13. Retsidiv jinoyatni topishda qanday sudlanganlik turlari inobatga
olinmaydi?
14. Retsidivning takroriy jinoyat sodir etishdan farqi nimada?
15. Xavfli retsidiv oddiy retsidivdan qanday farqlanadi? Qay holatda
shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb tan olinadi?
16. Retsidiv jinoyat qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Dostları ilə paylaş: