Jinoyatga yo‘l qo‘yib berish
obyektiv tomondan biror shaxs
zimmasida xizmat yoki mansab holatiga ko‘ra, qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, harakatsizlik, tayyorlanayotgan jinoyatni
bartaraf etish, sodir etilayotgan jinoyatning oldini
olish yoki jinoyat sodir
etgan shaxsning kelgusi jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish choralarini
ko‘rmaslikda namoyon bo‘ladi.
Yo‘l qo‘yib berish
subyekt tomondan to‘g‘ri qasd bilan tavsiflanadi.
Aybdor o‘z passiv xulq-atvorining (harakat qilishning real imkoni bo‘lgani
holda) ijtimoiy xavfini tushunadi va shuni xohlaydi.
Aytish lozimki, oldindan va’da bermay jinoyatga yo‘l qo‘yib berish
xavf ostida qoldirish (JK 117-moddasi), mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz
munosabatda bo‘lish (JK 172-moddasi), hokimiyat yoki mansab
vakolatini
suiiste’mol qilish (JK 205-moddasi), hokimiyat harakatsizligi (JK 208-
moddasi) kabi jinoyatlarning alohida tarkibi sifatida nazarda tutilgan.
«Jinoyatda ishtirokchilik»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy
xavfliligi nimada?
2. Ishtirokchilikning obyektiv belgilari nimalardan iborat?
3. Ishtirokchilikning subyekt belgilari nimalardan iborat?
4. Javobgarlik kelib chiqadigan yoshga to‘lmagan, aqli noraso yoki
aybsiz holda harakat qilgan shaxs bilan ishtirokchilik vujudga
kelishi
mumkinmi?
5. Jinoyat ishtirokchilarining qanday turlari mavjud? Jinoyat
ishtirokchilarining qanday turi eng xavfli ko‘rinadi va nima uchun?
6. Jinoyatni bilvosita sodir etish nima?
7. Boshqa shaxsning jinoyatni sodir etish maqsadini qo‘llab-
quvvatlagan shaxs dalolatchi deb topiladimi?
8. Dalolatchilik intellektual yordamchilikdan nima bilan farqlanadi?
9. Jinoyat sodir etilishini kuzatgan va uning oldini olish bo‘yicha hech
qanday choralarni ko‘rmagan shaxs yordamchi deb topilishi mumkinmi?
341
10. Ishtirokchilikning qanday turlari va shakllari ajratiladi? Amaldagi
qonunchilikka muvofiq ishtirokchilikni shakllarga tasniflashning qanday
mezonlari bor?
11. Birgalikdagi bajaruvchilik nima? Rollar taqsimoti
bilan
ishtirokchilik nima?
12. Birgalikdagi bajaruvchilik (oddiy ishtirokchilik) va rollar
taqsimoti bilan ishtirokchilik (murakkab ishtirokchilik) mavjudligida
ishtirokchilarning xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday?
13. Jinoyat sodir etishda oddiy ishtirokchilik deganda nima
tushuniladi? Bunda kvalifikatsiya qilishning qoidalari qanday?
14. Murakkab ishtirokchilik nima? Uning jinoyat-huquqiy ahamiyati
nimada?
15. Uyushgan guruh deganda nima tushuniladi?
16. Jinoiy uyushma deganda nima tushuniladi?
17. Bir guruh shaxslar deganda nima tushuniladi? Agar ikkinchi
jinoyat ishtirokchisi aqli noraso shaxs bo‘lgan bo‘lsa, guruh mavjud
bo‘ladimi?
18. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma o‘rtasidagi hamda uyushgan
guruh va oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar o‘rtasidagi farq
nimadan iborat?
19. Jinoyat ishtirokchilarining javobgarligi
asoslari va doirasini
ta’riflab bering.
20. Bajaruvchi eksessi nima, uning qanday turlari mavjud?
21. Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik deganda nima tushuniladi?
Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilikda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining
xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday?
22. Jinoyat ishtirokchilari jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytishining
o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
23. Maxsus subyektli jinoyatlarda
ishtirokchilik uchun
javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
24. Jinoyatga daxldorlik nima? Jinoyatga daxldorlik va ishtirokchilik
o‘rtasidagi farq nimada?
342
25. Jinoyatga daxldorlikning qanday turlari mavjud, ularning
jinoyat-
huquqiy ahamiyati nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: