Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat huquqi instituti – bu o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi muayyan texnik qoidalarga binoan tartibga solingan 
turdosh yuridik normalar majmuidir. 
Masalan, jinoyat qonuni; jinoyat; jazo; qilmishning jinoiyligini istisno 
qiluvchi holatlar; tamom bo‘lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik; bir qancha 
jinoyatlar sodir etish institutlari va boshqa. 
Bu institutlar mazmuni va hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin 
bir butun holda ular jinoyat huquqining yagona manbasi – Jinoyat 
kodeksini tashkil qiladi. 
Har bir jinoyat-huquqiy norma bir butunni tashkil qiladigan va 
xarakteri jihatidan farqlanadigan JKning Umumiy va Maxsus normalari 
tarkibiga kiradi. 
Jinoyat kodeksi jinoyat-huquqiy normalarning ifoda qilinish shakli 
hisoblanib muayyan tuzilishga ega.
NOTA BENE ! 
Jinoyat qonuni tuzilishi qonun chiqaruvchi irodasining JKda muayyan 
tarzda tartibga solingan shaklidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, o‘z navbatida, bo‘lim va 
boblarga bo‘linadigan Umumiy va Maxsus qismlardan iborat. Boblar qism 
va bandlarga bo‘linadigan moddalardan iborat. Qismlar satr boshi bilan, 
bandlar harflar bilan ajratilgan. 
NOTA BENE ! 
Maxsus qism normalarini qo‘llash Umumiy qism normalariga 
asoslanadi. o‘z navbatida Umumiy qism normalari Maxsus qism 
normalarisiz ma’nosiz va predmetsiz bo‘lib qoladi. 
Umumiy qism, o‘z navbatida, 17 bobga bo‘linadigan 7 bo‘limdan 
iborat. JK Umumiy qismi normalarida jinoyat qonuni uchun umumiy 
55 


ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar belgilanadi yoki tartibga solinadi: jinoiy 
javobgarlik prinsiplari va asoslari; jinoyat qonunining hudud bo‘yicha, 
vaqt bo‘yicha va shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilish doirasi; jinoyatlar 
tushunchasi va tasnifi, jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
yosh, aqli norasolik belgilari va huquqiy oqibatlari, ayb shakllari; tamom 
bo‘lmagan jinoyat belgilari va huquqiy oqibatlari; jinoyatda ishtirokchilik 
va ishtirokchilar turlari; bir qancha jinoyat sodir etish; qilmishning 
jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar; jazo turlari va ularning tizimi, jazo 
tayinlashning umumiy asoslari; tamom bo‘lmagan, ishtirokchilikda sodir 
etilgan jinoyatlar, bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun va bir necha 
hukmlar yuzasidan jazo tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlari; jinoiy 
javobgarlik va jazodan ozod qilish shartlari, sudlanganlikning tugallanishi 
va olib tashlanishi qoidalari; voyaga yetmaganlar javobgarligining 
xususiyatlari; jinoyat-huquqiy xususiyatdagi boshqa ta’sir (voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari va ruhiy 
kasallikka, alkogolizm va narkomaniyaga chalingan shaxslarga nisbatan 
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari) choralarini qo‘llash asoslari va 
qoidalari.
JK Umumiy qismi moddalarining aksariyati tartibga soluvchidir
chunki ularning qo‘llanishi aniq jinoiy qilmishlar bilan bog‘liq emas va u 
yoki bu ko‘rsatmaning aniq bayoni ko‘rinishidagi tasvirlov xususiyatiga 
ega. Biroq majburlovni qamrab oluvchi qonunni qo‘llash xususiyatidagi 
normalar ham uchrab turadi. Bular jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash 
holatlarida bir jazoni boshqasi bilan almashtirish tartibini o‘rnatuvchi 
normalardir. Masalan, JK 44-moddasi 3-qismi (jarima) jarimani (aniqrog‘i, 
uning to‘lanmagan qismini) majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, 
xizmat bo‘yicha cheklash va ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish 
tartibini belgilab beradi. 72- va 73-moddalar shartli hukm va muddatidan 
ilgari shartli ravishda ozod qilishda, muvofiq ravishda tayinlangan shartli 
jazoni yoki uning o‘talmay qolgan qismini, sinov muddati davomida 
qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, amalda o‘tashning 
turli variantlarini o‘rnatadi.
56 


Jinoyat qonuni Maxsus qismi normalarida alohida jinoyatlar uchun 
javobgarlik va ularni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga 
qo‘llaniladigan muayyan jazolar o‘rnatiladi. 
JK Maxsus qismi 8 bo‘lim va 24 bobdan iborat. 
BIRINCHI BO‘LIM. 
Shaxsga qarshi jinoyatlar. 
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar. 
II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar. 
III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar. 
IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar. 
V bob. Oilaga, yoshlarga, axloqqa qarshi jinoyatlar. 
VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi 
jinoyatlar. 
VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi 
jinoyatlar. 
IKKINCHI BO‘LIM. 
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar. 
VIII bob. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. 
IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. 
UCHINCHI BO‘LIM. 
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. 
X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish. 
XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jinoyatlar. 
XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar. 
XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar. 
TO‘RTINCHI BO‘LIM. 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. 
XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish 
tartibiga qarshi jinoyatlar. 
BESHINCHI BO‘LIM. 
Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat 
tartibiga qarshi jinoyatlar. 
57 


XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar. 
XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar. 
OLTINCHI BO‘LIM. 
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. 
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. 
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga 
qarshi jinoyatlar. 
XIX bob. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan 
qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar. 
XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. 
XX
1
bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar. 
YETTINCHI BO‘LIM. 
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. 
XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi 
jinoyatlar. 
XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. 
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga 
qarshi jinoyatlar. 
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari. 
Sakkizinchi bo‘lim – «Atamalarning huquqiy ma’nosi»da kiritilgan 
ayrim atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. Bunday sharh rasmiy 
va umummajburiy ahamiyatga ega. JK sakkizinchi bo‘limining o‘ziga 
xosligi, undagi qoidalar, JK Umumiy va Maxsus qismining boshqa 
qoidalaridan farqli ravishda, alohida raqamlar bilan belgilangan 
moddalarga rasmiylashtirilmagan, biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday 
hisoblanadi. 
Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. 
Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq 
jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham 
o‘z aksini topgan. Maxsus qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmish 
belgilarini ifodalovchi dispozitsiya, jazoning turi va me’yorini belgilovchi 
sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning 
58 


ta’rifi beriladi. Jinoyat-huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt 
turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin