Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Havolaki dispozitsiyada ortiqcha takrorlashlarni bartaraf qilish 
maqsadida normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir 
normasiga murojaat etiladi. Masalan, JKning o‘rtacha og‘ir shikast 
yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 105-moddasi 1-qismida 
yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli bo‘lmasligi va JK 104-moddasida 
nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak deyilgan. 
Ta’kidlash joizki, JKning aksariyat moddalarida og‘irlashtiruvchi va 
o‘ta og‘irlashtiruvchi tarkiblarda o‘sha moddaning asosiy tarkibiga havola 
qilish hollari uchraydi. Bunda «o‘sha qilmish ... sabab bo‘lsa», «o‘sha 
qilmish ... sodir etilgan bo‘lsa», «mazkur moddaning birinchi va ikkinchi 
qismida nazarda tutilgan qilmish ... sabab bo‘lsa» kabi ta’rif ishlatiladi. 
Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya blanket yoki havolaki, 
shuningdek, oddiy yoki tasvirlov dispozitsiyalarning belgilarini o‘zida aks 
ettiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismiga ko‘ra, 
ushbu kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud 
bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada 
dispozitsiyaning ham oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat 
kodeksi 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) 
turlari mavjud bo‘lganligi sababli «aralash» deb yuritiladi
1

NOTA BENE ! 
Sanksiya – modda qismining elementi bo‘lib, dispozitsiyada 
ko‘rsatilgan muayyan jinoyat uchun jazo turi va doirasini belgilaydi. 
1
Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – 94-95 б. 
60 


Ma’lumki, qonun chiqaruvchi JK 15-moddasidagi jinoyatlar tasnifini 
jazoning me’yori bilan bog‘laydi, chunki qilmishning ijtimoiy xavflilik 
xususiyati va darajasi aynan sanksiyada namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin