Kengaytirilgan sharhda sharh qonunning asosiy matnidan katta
bo‘ladi. Masalan, JK 180-moddasi soxta bankrotlik uchun javobgarlikni
nazarda tutgan, ya’ni amaldagi obyektiv haqiqatga zid ravishda xo‘jalik
yurituvchi subyektning o‘z kreditorlari oldida iqtisodiy jihatdan
nochorligini e’lon qilish va ularga ko‘p miqdorda zarar yetkazish. Bunda
ko‘p miqdordagi zarar tushunchasining mohiyatini ochib berishga to‘g‘ri
keladi. Bundan kelib chiqqan holda 180-modda faqatgina eng kam oylik
ish haqining 100 baravaridan 300 baravari miqdorda zarar yetkazilganda
emas, balki 300 baravar va undan ko‘p miqdorda zarar yetkazilganda
qo‘llanilishi mumkinligini aytishimiz mumkin.
Sharhlash usuliga ko‘ra mantiqiy, grammatik, tarixiy va tizimli
sharhlash ajratib ko‘rsatiladi.
Mantiqiy sharhlashda qonun normasi mantiq qoidalari asosida
sharhlanadi.
Shuni aytish lozimki, ba’zi olimlar mantiqiy sharhlashni mustaqil
sharhlash deb hisoblashmaydi va barcha sharhlash turlari mantiq qoidalari
asosida amalga oshirilishini ta’kidlashadi1.
Grammatik sharhlash grammatika, morfologiya, sintaksis
qoidalariga muvofiq qonunning mazmunini aniqlashga yordam beradi.
Tarixiy sharhlash yordamida hozirda amal qilib turgan JK
normalarini ilgari mavjud bo‘lgan jinoyat-huquqiy normalarga solishtirgan
holda ularning mohiyati ochib beriladi.
Tizimli sharhlash turli xil normalarni va ularning qismlarini o‘zaro
va boshqa jinoyat-huquqiy normalar hamda institutlar bilan solishtirish va
muayyan bir normaning jinoyat qonunchiligida tutgan o‘rnini aniqlashga
imkon beradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, qonunni sharhlash doimo uni amalga
oshirishning usul va yo‘llari majmuasi bilan birgalikda olib boriladi.
Masalan, sud tomonidan sharhlash sharhlashning grammatik,
kengaytirilgan va tizimli turlari bilan birga moslashtirilgan holda amalga
oshiriladi.
108