III BOB. JINOYAT TUSHUNCHASI 1-§. Jinoyat huquqi nazariyasi va qonunida jinoyat tushunchasining belgilanishi Jinoyat – jinoyat huquqi fanining asosiy kategoriyasi. Ushbu
tushunchaning mohiyatini aniqlash prinsipial ahamiyatga ega.
Jinoyat huquqi nazariyasi va qonunchiligida keltirilgan jinoyat
tushunchasida ikkita metodologik yondashuv bo‘lib, ularni shartli ravishda
formal va moddiy yondashuvlar deb atashimiz mumkin.
Formal yondashuv – tarixan birinchi. Bunda jinoiy qilmish jinoyat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanadi,
lekin bu taqiqning sabablari ko‘rsatilmaydi.
Moddiy yondashuvjinoyatni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga
qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflaydi. Formal
yondashuvdan farqli o‘laroq ushbu yondashuv jinoyatni jamiyatga
zararligi nuqtai nazaridan baholaydi va u yoki bu qilmishni jinoyatlar
qatoriga kiritgan qonun chiqaruvchi organning maqsadini aniqlashga
harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni asosli ravishda
ikkala yondashuvni ham o‘z ichiga oladi.
NOTA BENE ! Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi (JK 14- moddasi). JK 14-moddasi 1-qismida belgilangan jinoyat tushunchasi quyidagi
holatlarni o‘zida ifodalovchi moddiy-formal belgilarni qamrab oladi.
Formal belgi, bu ma’lum bir xatti-harakatlarni sodir qilish yoki ba’zi
bir harakatlarni bajarish shart bo‘lgan hollarda ularni sodir qilmaslikni
man qilishda ifodalanadi.
Jinoyat qonuni bilan taqiqlangan harakat yoki bajarilishi shart bo‘lgan
harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan harakatsizlik, ya’ni huquqqa xilof
115
qilmish jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu shartning formalligi qonunda
jinoyat-huquqiy taqiqning o‘rnatilishi va nullum crimen nulla poena sine