Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

lege
1
prinsipini qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda biror-bir xulq-
atvorni huquqqa xilof deb baholashda huquq yoki qonun analogiyasining 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqatgina Jinoyat kodeksida belgilangan 
ijtimoiy qadriyatlargina jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti hisoblanadi. 
Ushbu ijtimoiy qadriyatlarga qaratilgan tajovuzlar jinoyat-huquqiy 
normalarga qarshi qaratilgan bo‘ladi va qonun tomonidan taqiqlanadi.
Bundan kelib chiqqan holda, JKda ko‘rsatilmagan qilmishni sodir 
qilish jinoyat deb topilmaydi. 
Moddiy belgi – bu har qanday jinoyatning tub mohiyatini, ijtimoiy 
xavfliligini ifodalab berish. Shunga ko‘ra JK 14-moddasi 2-qismidagi 
moddiy belgi jinoyat- huquqiy muhofaza obyektlariga havola qilingan 
holda ifodalangan. Moddiy belgini, shuningdek, qonun bilan 
qo‘riqlanadigan jinoiy tajovuz obyektini aniqlash uchun JK 2-moddasida 
mustahkamlangan qoidadan kelib chiqish zarur. 
2-§. Jinoyat belgilari 
JK 14-moddasi 1-qismi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat tushunchasining umumiy 
tavsiflarini o‘z ichiga oladi. Eng avvalo, ushbu moddada jinoyat 
tushunchasining asosiy belgi va alomatlari belgilanganki, ularga qarab u 
yoki bu qilmishning ijtimoiy xavfliligi yoki ijtimoiy foydaliligini aniqlab 
olish mumkin. 
Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini 
ko‘rsatish mumkin: 
– ijtimoiy xavflilik; 
– huquqqa xiloflik; 
– aybning mavjudligi; 
– jazoga sazovorlik. 
Birinchi navbatda shuni aytish kerakki, JK 14-moddasi jinoyatni 
qilmish sifatida ifodalagan. 
1
Қонунда кўрсатилмаган бўлса, жиноят ҳам, эазо ҳам йўқ (лот). 
116 


Jinoyat tashqi tomonidan inson xulq-atvorining ifodasi bo‘lmish 
ma’lum bir qilmishni namoyon qiladi. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari shaxsning konkret aktiv yoki passiv xulq-atvoriga nisbatan jinoiy 
javobgarlikni qo‘llashga yo‘l qo‘yadi. Muayyan harakat va harakatsizlikni 
qamrab olmagan qilmishni sodir qilish jinoyat deb topilmaydi.
Qilmish aktiv xulq-atvorni ifodalaydigan harakat va bajarilishi shart 
bo‘lgan majburiyatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv harakatsizlikdan 
tarkib topgan bo‘ladi. JK Maxsus qismida nazarda tutilgan ko‘pchilik 
jinoyatlar harakat orqali sodir qilinishi mumkin. 
(«Harakat», «harakatsizlik» tushunchalari to‘g‘risida mazkur tom VI 
bobining «Jinoiy qilmish va uning turlari» deb nomlanuvchi 2-§ ga 
qarang.) 
Insonning har qanday xatti-harakati, xulq-atvori jamiyatning a’zolari 
manfaatlari nuqtai nazaridan yo ijobiy, yo salbiy baholanishi mumkin. 
Ijtimoiy xavflilik jinoyatlarni jinoiy bo‘lmagan huquqbuzarliklardan 
va kam ahamiyatli qilmishlardan farqlay olish imkonini beruvchi 
jinoyatning muhim tarkibi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi 
huquqbuzarliklarni jinoiy, ma’muriy, intizomiy yoki fuqaroviy-huquqiy 
da’voli ishlarga ajratadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin