Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Huquqqa xiloflik deganda, qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 
moddalari orqali taqiqlash tushuniladi, ya’ni shaxs jinoyat qonuni 
taqiqlagan harakatni sodir qiladi yoki qonunda bajarilishi shart deb 
ko‘rsatilgan harakatni bajarmaydi (harakatsizlik). 
Huquqqa xiloflik belgisini faqat jinoyat qonuni Maxsus qismi 
normalari dispozitsiyalari bilan chegaralab qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Maxsus qism normalarini Umumiy qism normalari bilan birga qo‘llash 
kerak, chunki Maxsus qismda ko‘rsatilgan qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya 
qilish va jinoiy javobgarlikni qo‘llash masalalari ularning birgalikdagi 
kuchda bo‘lishi bilan aniqlanadi. Faqat shundagina bosh va asosiy masala 
– o‘z ichiga ijtimoiy xavflilik darajasi va tabiatini olgan hamda jinoyat-
huquqiy taqiq o‘rnatuvchi jinoyat huquqi normalarida ifodalanuvchi 
jinoyatning moddiy mohiyatini to‘g‘ri aniqlash mumkin. 
Jinoiy huquqqa xiloflik va jinoyat-huquqiy taqiq tushunchalari aynan 
bir xil bo‘lib, Maxsus qismning aksariyat normalari tuzilishi jihatdan 
taqiqlovchi normalardir. Ma’lum holatlarda qilmishlarga yoki usul, yo‘sin 
va hokazolarga taqiq qo‘yilgan (masalan, JK 148–149-moddalari). JK 
Maxsus qismidagi normalar majburiyat yuklovchi xususiyatga ega. Ba’zi 
bir hollarda Maxsus qism normalari muayyan bir qilmish sodir etishni 
majbur qilib qo‘yadi. 
Shu bilan birga, taqiqlar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda 
tutilgan bo‘lishi ham mumkin. Maxsus qismda o‘sha normativ-huquqiy 
hujjatlar talabi buzilganligi uchun jazo chorasi – sanksiya belgilanadi. 
Buni JK blanket normalari deyiladi. 
Huquqqa xiloflik jinoiy qilmish orqali huquq normalarining 
buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflik, umumiy ma’noda, huquq 
normalariga qarshi borishdir. 
Huquqqa xiloflik mavhum tushuncha, zero, uning tarkibi huquqning 
turli sohalaridagi, jumladan, jinoiy, ma’muriy va boshqa huquq 
sohalaridagi normalarning aniq xususiyatlariga bog‘liq emas. 
120 


Jinoyat huquqida huquqqa xiloflik tushunchasi jinoyatni boshqa 
huquqbuzarliklardan farqlash uchun jinoyat huquqining boshqa huquq 
sohalari bilan bog‘liqlikda bo‘lishini ifodalaydi. Shundan, huquqqa xiloflik 
jinoyatning jazoga sazovorligi bilan, jinoyatning o‘zi esa, jinoyatni sodir 
qilgan shaxs aybi bilan uzviy bog‘liq. Bu belgilar jinoiy huquqqa xiloflik 
va jinoyat tushunchalarini umumiy tarzda ifodalaydi. 
Huquqqa xiloflik obyektiv va nisbatan mustaqil tabiatga ega. 
Qilmishning darajasi va zararini tavsiflovchi moddiy belgi hisoblangan 
ijtimoiy xavflilikdan farqli ravishda huquqqa xiloflikni jinoiy 
javobgarlikning formalligini ifodalovchi jinoyat qonunining buzilishi 
sifatida baholash kerak. 
Ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik belgilari birgalikda qilmishning 
jinoiyligini va u uchun javobgarlik asosini belgilovchi omil hisoblanadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy xavfli bo‘laturib jinoyat qonunini 
buzmagan yoki jinoyat qonuni normalarini buzgani holda ijtimoiy xavflilik 
alomatlari mavjud bo‘lmagan qilmishga nisbatan jinoiy javobgarlikni 
qo‘llab bo‘lmaydi. 
Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik 
jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko‘rish 
mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi, o‘z 
navbatida, huquqqa xiloflikning mavjud emasligini bildiradi, ya’ni faqat 
jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli deb topilgan qilmishlargina huquqqa 
xilof hisoblanadi. Qilmishning jinoyat huquqiga xilof deb topish asoslari 
bo‘lib, bunday qilmishning ijtimoiy xavfliligi, u yoki bu qilmishga aynan 
jinoyat-huquqiy vositalar bilan ta’sir etishning umumiyligi hisoblanadi. 
Jinoiy huquqqa xiloflik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, aynan 
shu daraja orqali qilmish jinoyat tavsifini oladi. Jinoyatning moddiy belgisi 
ijtimoiy xavflilik bo‘lsa, jinoyatning formal belgisi huquqqa xiloflik 
hisoblanadi. 
Ayb – qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan u yoki bu huquqqa xilof 
qilmishni ijtimoiy xavfli deb belgilovchi belgi. 
121 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin