Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги нукус инновацион институти


II-MODUL. ISTIBDOD VA ISTIQLOL: MA’NAVIYAT UCHUN OLIB BORILGAN KURASHLAR VA HOZIRGI ZAMON



Yüklə 196,5 Kb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü196,5 Kb.
#123048
1   2   3   4   5   6   7
-7. Ma\'naviyatshunoslik fani sillabusi (To\'girlangani)

II-MODUL. ISTIBDOD VA ISTIQLOL: MA’NAVIYAT UCHUN OLIB BORILGAN KURASHLAR VA HOZIRGI ZAMON.


3-MAVZU: Mustamlakachilik va qaramlik yillarida ma`naviyat
Jadidchilik faoliyatining vujudga kelishi va uning maqsad va vazifalari.Jadidlarning ma’rifatparvarlik harakati va uning xalq ma’naviyatini yuksaltirishdagi roli. Mustamlakachilarning ma’naviy sohadagi olib borgan siyosati va uning salbiy oqibatlari. Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida o‘zbek xalqining milliy va diniy qadriyatlarining buzilishi


4-MAVZU: Oila-jamiyat-ma’naviyat shaxs ma’naviyatini
rivojlantirish omillari va vositalari
Oila - ijtimoiy, tabiiy omillar asosida shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning birga hayot qurib nasl qoldirish, faqat farzandni dunyoga keltirish emas, balki ularni ma’naviy va jismoniy kamol topdirib, hayotga mustaqil qadam qo‘yishiga sharoit yaratishdir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oilaning ijtimoiy vazifasi aslida xuddi shu zaminda, oilaning jamiyatni bunyodga keltiruvchi va sog‘ligini ta’minlovchi birlik ekanligida zuhur topgandir. Zero, oila ikki jinsga mansub kishilarning – erkak va ayolning o‘zaro tengligi, muhabbati, bir-birlarini anglagan holda birgalikda yashash va ko‘payish istagining, jamiyatni to‘ldirish, eng muhimi, uni ham iqtisodiy, ham ma’naviy-ahloqiy jihatdan mukammallashtirish yo‘lida birgalikda qiladigan harakatining hosilasidir.
III-MODUL. GLOBALLASHUV JARAYONI VA YANGI O`ZBEKISTONNING MA`NAVIY YANGILANISH STRATEGIYASI.


5– MAVZU: Globallashuv jarayonida yoshlar ma`naviyati va ma`naviy tahdid
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va xududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarg‘a olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”.
Bugun insoniyat o‘zining aql-zakovati bilan yaratgan yangi sivilizatsiya sharoitida yashamoqda. Uning hayot ritimi mislsiz darajasida rivojlanmoqda, bugun u radio, televedenie, uyali telefon va internet kabi vositalar bilan qurrai zaminning eng kichik nuqtalarida sodir bo‘lgan mittigina xabar zudlik bilan tarqalishi, yoki fan, texnika va texnologiya sohasida bir soat yoki bir daqiqada bo‘lishi mumkin.



Yüklə 196,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin