Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishimizning asosiy maqsadi Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinishi kabilarni tahlil qilish, ularning ijobiy tomonlarini qabul qilib, salbiy tomonlarini ingliz tili mutaxassisi sifatida to’g`rilash maqsadida o’z tavsiyalarimizni taklif qilishdir.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
Ishning ilmiy metodologiyasi va nazariy asosi. Bunda biz Prezidentimiz I.A. Karimov asarlari, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g`risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash to’g`risidagi milliy dasturi” va mavzuga oid ilmiy asarlar ishimizning ilmiy metodologiyasini va nazariy asosini tashkil qiladi.
Tadqiqotning ob’ekti. Tadqiqotning ob’ekti sifatida Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asarining 3 tildagi: ingliz, rus va o’zbek tili variantlari tanlandi. (1955 yili ingliz tilidan rus tiliga Z. Vershinina va I. Gal, rus tilidan o’zbek tiliga 1976 yili Erkin Nosirov va O’ktam Usmonovlar tarjima qilgan).
Ishning sinalishi. Ishning sinalishida Buxoro Davlat Universiteti ilmiy-nazariy anjumanida ma’ruza qilindi, kafedrada mavzuni tasdiqlash hamda sinov himoyasi o’tkazishda va mavzu mazmuni bo’yicha ilmiy maqolalar chop etish bilan ilmiy ish mazmuni jamoatchilikka etkazildi.
Ishning hajmi. Magstrlik dissertastiyasi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Ishning joriyligi. Dissertasiyaga oid 2 ta maqola chop etilgan . 1.N.Jamshid. Ekstralingvistik omillar va ular tarjimasi.
“Adabiyotshunoslik va Badiiy Tarjima Muammolari” maqolalar to’plami. Buxoro.“Sharq- Buxoro” 2011. (123-bet)
2. N.Jamshid. Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanidagi bazi realiyalar tarjimasi. “Tilning Leksik-Semantik Tizimi va Qiyosiy Tipologik Izlanishlar: Sinxroniya, Diaxroniya” Materiallar to’plami III. Toshkent. “Muharir nashriyoti.” 2012. (192-bet)