topdi. Broun harakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay keldi. XIX asrning ikkinchi
yarmida, gazlar kinetik nazariyasining muvaffaqiyatlari asosidagina Broun harakati sababini
toppish mumkin bo`ldi.
Bu nazariyaga muvofiq, Broun harakatining sababi shundaki, suyuqlik
molekulalari hamma vaqt harakatda bo`ladi, ular suyuqlikka tushirilgan
zarrachaga kelib
to`xtovsiz uriladi va uni bir tomondan ikkinchi tomonga tartibsiz harakatlantiradi.
Demak, Broun harakatining sababi suyuqlik molekulalarining o`z kinetik energiyasi
hisobiga ro`y beradigan harakatidir (11-rasm).
Kolloid zarrachalarning harakat yo`li doimo o`zgarib turadi, ularning o`tgan yo`lini
chizib boorish juda qiyin. Tajribalarning ko`rsatishicha, Broun harakati moddaning tabiatiga
mutlaqo bogliq bo`lmay,
u harorat, muhitning qovushqoqligi va zarrachalar o`lchamiga qarab
o`zgaradi. Dispers faza zarrachalari erituvchi molekulalarining tartibsiz kelib urilishi tufayli ham
o`z harakat yo`nalishini o`zgartiradi. Nisbatan mayda zarrachalarga har tarafdan kelib urilishlar
soni odatda bir xil bo`lmaydi, shuning uchun zarrachalar murakkab traektoriya bo`yicha harakat
qiladi. O`lchami juda yuqori bo`lgan zarrachalarda Broun harakati kuzatilmaydi.
1905 yilda Eynshteyn va 1906 yilda Smoluxovskiy (bir-biridan bexabar xolda) Broun
harakatining kinetik nazariyasini yaratdilar.
Eynshteyn Broun harakatiga
gaz qonunlarini tatbiq qilib, zarrachalarning Δt vaqt ichida
o`rtacha siljishining kvadrat qiymatini aniqlash formulasini keltirib chiqardi:
t
D
x
2
2
bunda D – erigan moddaning diffuziya koeffitsienti bo`lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi
(Eynshteyn, 1908 y):
Dostları ilə paylaş: