1. Adsorbentlarning gazlarni yutishi
2. Gazlarning adsorbentga yutilish jarayonini namoyish qilish.
3. Adsorbentlar xillari. Gidrofil va gidrofob adsorbentlar
4. Gidrofob adsorbentlarni namoyish qilish.
5. Molekulyar va ionli adsorbsiya
III. Yakuniy qism (10 min)
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash.
II. Asosiy qism
1. Adsorbentlarning gazlarni yutishi
Ma`lumki har qanday adsorbentning gazlarni yutish qobiliyati uning g`ovakligiga,
fizik
xossalariga bog`liq. Gazlar kristall adsorbentlardan ko`ra amorf adsorbentga yaxshiroq
adsorblanadi, chunki amorf adsorbent sirti tekis bo`lmay, ga`dir-budur bo`ladi. kristall
adsorbentda esa asosan qirra va cho`qqilar adsorbsiyada ishtirok etadi.
Adsorbent eng muhim
xossalaridan biri ularning g`ovakligi hisoblanadi. G`ovaklarning hajmini o`lchash uchun
paromer deyiladigan maxsus asbob qo`llaniladi. G`ovak adsorbentlarning solishtirma sirti katta
bo`ladi.
Eritmalarda sodir bo`ladigan reaksiyalar natijasida cho`kma
holida ajralib chiqadigan
(masalan, BaSO
4
) yoki qattiq jismlarni maydalab tayyorlanadigan nog`ovak adsorbentlarning
solishtirma sirtlari kichik bo`ladi (1-10 m
2
/g); ular kam ishlatiladi. Ko`proq ishlatiladigan
nog`ovak adsorbentlar jumlasiga organik va kremniy organik
moddalarning chala yonish
mahsulotlari (qora qurum, oq qurum) shuningdek, kremniy galogenidlari (SiCl
4
, SiF
4
) ning suv
bug`I bilan gidrolizlanish mahsulotlari (aerosillar) kiradi. Bu adsorbentlarning solishtirma sirtlari
100 m
2
/g ga yetadi.
G`ovak adsorbentlar odatda kukun holida ishlatilmasdan, mustahkam granula yoki
tabletka shaklida ishlatiladi. 1-jadvalda nog`ovak va g`ovak adsorbentlarning ba`zi
xarakteristikalari keltirilgan.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: