Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Milliy musiqa namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini shakllantirish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə5/5
tarix17.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#114912
1   2   3   4   5
Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tarbiya berish

2.2. Milliy musiqa namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini shakllantirish.
O'zbekiston Mustaqillikka yerishdi. Istiqlol Sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo'lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari Shaklan va mazmunan o'zgarmoqda. Bolalar bog'chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat: 1. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 2. O'qituvchi va murabbiylar kuni. 3. Mehrjon bayrami. 4. Yangi yil bayrami. 5. Vatan himoyachilari kuni. 6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 7. Navro'z bayrami. 8. Xotira va qadrlaSh kuni. 9. Gul va quShlar bayrami. 10. Sog'lomjon va polvonjon bayram yertaligi. 11. Bolalarni maktab quchog'iga kuzatish tadbiri.
Bayram ertaliklari va doimiy musiqa mashg’ulotlarida milliy musiqa namunalaridan foydalanish orqali bolalarda milliylik va o’zlikni anglash xissini shakllantirish samarali usullardan biri bo’lib, bugungi kunning talablaridan biri hisoblanadi.
Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo'lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o'tkazilib, ular O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar.
Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to'kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok yetishlariga yerishish lozim.
Shunday qilib bolaga o’zligini anglashda milliy musiqa namunalaridan foydalanish MTT musiqa rahbarlarining pedagogik mahoratiga va bilimiga ham ko’p jihatdan bog’liqdir.
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Musiqa - bolalar estetik tarbiyasida asosiy o'rin tutadi. Bolalar musiqiy estetik madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo'lib kelgan. Chunki jamiyat ma'naviyatini Shaxs ma'naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik darajasi tashkil yetadi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa maShg'ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa maShg’ulotlarini yanada takomillashtirishga undamoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini Shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o'zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol Shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin