Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zlikni anglash hissini rivojlantirishda milliy musiqa namunalaridan foydalanishning samarali usullari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə4/5
tarix17.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#114912
1   2   3   4   5
Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tarbiya berish

2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zlikni anglash hissini rivojlantirishda milliy musiqa namunalaridan foydalanishning samarali usullari
Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi. Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog’liqdir. Bunda birinchi manba musiqaning o’zi bo’lishi tabiiy, chunki «faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va kunikmasini orttirib borishga qaratilgan buladi. Bolalarnig yoshi qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan davr ham shunchalik ko’p bo’ladi. Bilim olishning ikkinchi manbai pedagog so’zidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz haqida yaxlit tassavurga ega bo’lishni, muzika asarining mazmunini aniq tushunib olishini ta’minlaydi.
• Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o’zaro uzviy boglangan uchta metodi bor:
1) ko’rgazmali metodi;
2) so’zlab berish metodi;
3) amaliy faoliyat metodi.
Bu metodlarning har biri ma’lum spetsifik xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o’z ichiga oladi. O’rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan musiqa mashg’ulotining konkret vazifasi, ijro etilayotgan musiqa materialining murakkabligi, o’qitishning bosqichlari va bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
KO’RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof-muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko’rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.
AMALIY FAOLIYAT METODI. Bolalarning konkret faoliyati ma’lum maqsadlarga yo’naltirilgan hamda sistemali mashg’ulotlar tarzida olib boriladigan ta’lim-tarbiya sifatida qaraladi. Qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlarni bajarishda bolalarga shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshirikni mumkin qadar ta’sirli va ifodali qilib bajarishga intilishsin. Bolalarni o’rgatish jarayonida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Bunday murakkablashtirish bolalarning ko’nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo’lmasligi kerak. Ba’zi qiyin holatlarga duch kelganda yesa bolalar bilan alohida individual ishlash tavsiya qilinadi.
SO’ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo’ljallangan bo’lib, uning faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi. So’zlab berish metodini quyidagi usullari bor:
• 1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va raqslarni qo'yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o’zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o'yinlarni ijro yetishda qo’llanishi mumkin.
• 2) izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo’lishi ko'gshncha tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko'rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin