Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tarbiya berish
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni. Musiqa tinglash. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. MTMda amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir.
Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo’lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo’shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so’z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo’ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin.
Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. MTM sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog'langan holda amalga oshiriladi.
Musiqa tinglash faoliyatida musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyatda bolalar musiqa tinglab, uni bevosita idrok eta boshlaydilar. Bu esa ularning musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi, shuningdek, ularda musiqiy dunyoqarash ham shakllanib boradi. Tinglangan musiqiy asar haqida mulohaza yurita boshlaydilar Maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchisi shaxsini shakllantirishda qo'shiqlar o'rgatish
texnologiyasining o'rni muhimligi mazkur bitiruv ishi natijalarida yana bir bor o‘z tasdig'ini topdi. Musiqa mashg'ulotlarida qo'shiq kuylash bolalarga ijobiy ta'sir yetibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta’sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ularyaxshi musiqani, janrlarni, xa q va mumtoz musiqasini ajratishga o'rganadilar.
Musiqali harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o’yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya yetiladi. Ushbu faoliyatlar zamiri ko’proq o'yin xususiyatlari bilan bog’liqdir. Yangi o'quv dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan. Bu rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o’quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda rahbar dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim, Bolalarinng kichik yoshlik xususiyatlariga, idrok amaliyotiga mos bo'lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham yegadir. Nota savodi, cholg'uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa ijodkorligi faoliyatida tavsif yetilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Mashg'ulot sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu yesa mashg'ulotlarni rejalashtirishda va mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishda ijodiy yondoshishni toqozo yetadi.