Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga erishilishiga
qo’yiladigan talablar
“Markaziy Osiyo o’simliklari qoplami” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
- o’simlik tiplarining asosiy xillarini, undagi kichik sintaksonomik birliklarning xillarini, har bir birlikning o’ziga xos ekologik xususiyatlarini, har xil ekologik sharoitda o’sadigan o’simliklarning vegetativ va generativ organlarning tuzilishi va vazifalarini; hayotiy shakllarini; tabiatda tarqalishi va ko’payishi; tashqi sharoitga moslanish qonuniyatlari; sistematik va ekologik guruhlarga ajratish usullarini bilishi kerak.
- magistr formasiya va assosiasiyalarni ajrata olish, ularga ilmiy nom berish, o’simliklarning xususiy va tarixiy taraqqiyotda organlardagi morfologik va anatomik o’zgarishlarni sezish; yuksak o’simliklarning bo’limlarini farqlash; o’simliklarni morfologik belgilariga qarab ajratish; ularni aniqlash; mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- magistr o’simliklar qoplamiga tavsif bera olish, geobotanik blankalarni to’ldirish, gerbariylarni ilmiy asoslangan xolda tayyorlash, tabiiy populyasiyalarni ximoya qilish va ulardan oqilona foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish malakalariga ega bo’lish kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Markaziy Osiyo o’simliklari qoplami fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib,1-2-semestrda o’qitiladi. O’quv rejasida rejalashtirilgan umummetodologik va mutaxassislik hamda tanlov fanlarini o’zlashtirishda ushbu fandan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni
Dostları ilə paylaş: |