-Har bir turdagi sinovlar uchun-nazorat qilinadigan parametrlar, sinovdan o‘tkazish ketma-ketligi, nazoratga tortiladigan namunalar soni, sinovlar o‘tkazish davriyligi qabul qilinganidek texnik shartlarda topshirish-qabul qilish va davriy sinovlarning mazmuni: boshqa sinov turlarining mazmuni alohida dastur va uslublarda ko‘rsatiladi. -Mahsulotni partiyalar bilan qabul qilishda -partiyani aniqlash (sinovga tortiladigan); -Tanlanma nazoratda -nazorat rejasi (tanlash hajmi, nazoratga tortish me'yorlari va hal qiluvchi qoidalar; -Mahsulotni yaroqsizga chiqarish va qabul qilishni yangidan boshlash shartlari. “Qabul qilib olish” bo‘limida texnik talablar va sinov uslublari ko‘rsatilmaydi. Sinovlarni amalga oshirish ketma-ketligining maqsadga muvofiqligi belgilanadi (mahsulotning qo‘yiladigan talablarga mos kelmasligi mumkinligi tez-tez (ko‘proq) sodir bo‘ladigan sinovlarni imkoni boricha avvalroq, ko‘p mehnat talab qiladigan sinovlarni - imkon darajasida keyinroq o‘tkaziladi). Topshiriq qabul qilish va davriy sinovlardan o‘tkazishdao‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasining optimalligi baholanadi. Davriy sinovlardan o‘tkazish jarayonida texnik shartlardagi texnik talablarning barcha punktlari bo‘yicha parametrlarni nazorat qilish amalga oshiriladi. Topshirish-qabul qilish sinovlari paytida esa yo‘lga qo‘yilgan texnologik jarayonlar sharoitida o‘zgarishi (turlanishi) mumkin bo‘lgan parametrlarning eng kam soni sinovga tortiladi. “Sinov uslublari” (nazorat qilish, o‘lchash, taxlil qilish)bo‘limini ko‘rib chiqishda: Ularning yetarli ekanligi baholanadi (o‘lchash, sinovdan o‘tkazish va taxlil qilish uslublari bilan “Texnik talablar” bo‘limida ko‘rsatilgan barcha parametrlar ta'minlangan bo‘lishi lozim. Masalan: “Texnik talablar” bo‘limida “Yurg‘izish mokilarida ko‘ndalang ipni yurg‘izish uchun mo‘ljallangan tirqish kengligi 1mm dan oshmasligi lozim” deb yozilgan. “Nazorat uslublari” bo‘limida esa bu parametrni o‘lchash paqida pech narsa deyilmagan. Sinovlar o‘tkazish paytida standartlashtirilgan yoki attestatsiyadan o‘tkazilgan uslublardan foydalanish afzalroqdir. O‘lchash uslublari (sinov, taxlil) to‘g‘riligi baholanadi. Bunga o‘lchash vositalari (SI) xatoligini ham hisobga olgan holda aniqlangan o‘lchash xatoligi (mavjud ekspluatasiya sharoitlari ham hisobga olinishi lozim). O‘lchash obyektining xususiyatlari yo‘l qo‘yiladigan miqdorlardan oshiq bo‘lmasligi lozim. O‘lchashlar aniqligi etarlicha bo‘lmaganda boshqa aniqroq o‘lchashlar tizimi yoki o‘lchash uslubi tanlanishi, uslubning qo‘llanilish shartlari chegaralanishi mumkin. Agar maxsus sinovlarsiz o‘lchash xatoligini baholash qiyinchilik tug‘diradigan bo‘lsa, u holda o‘lchashlarni bajarish uslubini standartlashtirish yoki attestasiyadan o‘tkazish taklif qilinadi. Misol: Texnik talablardan tik turuvchi to‘lqin koeffisenti (1,15 ± 0,05) ga teng deb ko‘rsatilgan. O‘lchash tik turuvchi to‘lqin koeffisentini avtomatik ravishda o‘lchaydigan asbobda o‘tkaziladi, bunda uning o‘lchash xatoligi ± 0,06 ga teng. Bunda tarmoq standartiga muvofiq ravishda o‘lchash yo‘nalishidan foydalangan holda boshqa aniqroq uslublardan foydalanib o‘lchashlar o‘tkazish taxlil qilinadi. Nazorat qilish, sinovlar o‘tkazish, o‘lchashlar operasiyalari yozilishining to‘g‘riligi va to‘laligi baholanadi. Texnik shartlarda o‘lchash natijalari va xatoliklariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha kattaliklarga nisbatan qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilishi lozim. O‘lchash xatoligini baholash imkoniyati to‘lalik mezoni hisoblanadi. Zarur hollarda o‘lchash paytidagi kuzatishlar natijalariga, o‘lchash aniqligi ko‘rsatkichlarini baholashga imlov berish usulining tavsifi keltirilgan bo‘lishi, zaruriy hisob-kitob va formulalar, o‘lchash xatoligiga ta'sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha yordamchi asbob-uskunalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar texnik shartlar tarkibiga kiritilgan bo‘lishi lozim. O‘lchovlar (sinovlar, tahlillar) uslublariga, agar ular me'yoriy-texnik hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lsa, batafsil tavsif berilishi shart emas, mos keluvchi hujjatlarga yo‘llanmalar bo‘lishining o‘zi yetarli hisoblanadi. Standartlar yoki boshqa me'yoriy-texnik hujjatlarga yo‘llanmalar mavjud bo‘lgan hollarda quyidagilar tekshiriladi: -Bunday yo‘llanmaga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi. Bekor qilingan, amal qilish muddati o‘tgan yoki hali yetib kelmagan, muvofiqlik va tasdiqlanish darajasi texnik shartlarga nisbatan past bo‘lgan me'yoriy-texnik hujjatlarga yo‘llanmalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi. -Yo‘llanmaning bir qiymatliligi. Agar yo‘llanma berilayotgan me'yoriy-texnik hujjatda bir necha uslubiy variantlar keltirilgan bo‘lsa, unda texnik shartlarda muayyan bir variant ko‘rsatilishi lozim. -Texnik shartlardagi qo‘shimcha ko‘rsatmalarning to‘laligi. Ular yo‘llanmalar berilgan me'yoriy-texnik hujjatlar bilan uyg‘unlikda texnik shartlar tarkibiga kiritilgan-o‘lchash uslublariga nisbatan qo‘yiladigan barcha talablarni qanoatlantirishi lozim. Masalan, elektr mustahkamlikni aniqlash uslubiga nisbatan GOST 6433.1-71 standartiga berilgan yo‘llanma to‘g‘ri hisoblanadi, lekin etarli emas. Elektrodlar materiali, namuna bilan tutashish hosil qilish usuli, namuna qalinligini o‘lchash uslubiga taalluqli qo‘shimcha ko‘rsatmalar bo‘lishi talab qilinadi. “Mahsulotni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan sinovlar o‘tkazish vositalari ro‘yxati” ilovasini ko‘rib chiqishda quyidagilar aniqlanadi
-Ro‘yxat to‘laligi. Ro‘yxatga texnik shartlardagi ma'lumotlar bilan tartiblashtirilgan, sinovlar o‘tkazish paytida, xususan topshirish-qabul qilish va davriy sinovlar o‘tkazishda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchov vositalari, sinovdan o‘tkazish asboblari, yordamchi qurilmalar, materiallar va reaktivlar kiritilgan bo‘lishi zarur. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘lchov vositalari aniqlik bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi, qo‘llanilishga ruxsat berilgan bo‘lishi va sanoatda ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim. Buni baholashda ekspert Davlat reestrining tarmoqlar bo‘yicha cheklanishlar ro‘yxatlari, davlat standartlari va boshqa me'yoriy-texnik hujjatlar ma'lumotlaridan foydalanishi zarur bo‘ladi. Foydalaniladigan, standartlashtirilmagan o‘lchov vositalari attestasiyadan o‘tkazilishi lozim. Tanlangan o‘lchash vositalarining unumdorligi va tejamkorligi ham hisobga olinadi. Masalan, texnik shartlarda tekshuruvchi to‘lqin koeffisentini o‘lchash chiziqlari yordamida, zaiflashishni esa-atteonardan foydalangan holda aralashtirish usulida o‘lchash taklif qilinadi. Bu parametrlarni o‘lchash uchun tekshiruvchi to‘lqin koeffisenti va zaiflashishni o‘lchaydigan avtomatlashgan qurilma amalda mavjud. Undan foydalanish berilgan chastotalar diapazonida o‘lchashlarni o‘tkazish davomiyligini sezilarli ravishda qisqartiradi, bundan tashqari berilgan chastotalar diapazonida parametrlar xarakteristikalarini uzluksiz ravishda ekranda kuzatib borish imkonini beradi. Barcha o‘lchashlar tizimlari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Agar ko‘rsatilgan pribor tipi bir necha moddalarda tayyorlanishi mumkin bo‘lsa, u holda tanlangan model ko‘rsatilishi zarur. Masalan: bosimni o‘lchash uchun ... MO tipidagi manometr taklif qilinadi. MO sidagi manometrlarning bir necha modeli amal qiladi. Ular bir-biridan o‘lchashning yuqori chegarasi bilan farq qiladi. Manometr modelini ko‘rsatish lozim. Xuddi qoidadagidek, standart bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘lchash-vositalari uchun R, uning nomeri va o‘lchashlar tizimlaridagi belgilanishi standart bo‘yicha ko‘rsatiladi. Masalan: o‘lchash golovkasi 2-IGP GOST 6933-81 bo‘yicha, standartlashtirilmagan, texnik shartlar bo‘yicha ishlab chiqarilganlar uchun belgilanish ham texnik shartlar bo‘yicha bo‘ladi. Ba'zi texnik shartlarda keltirilgan, qaysi o‘lchash vositalarini qo‘llash haqidagi ma'lumotlar bu o‘lchash vositalari texnik hujjatlariga mos kelmaydi. Masalan: ... milliampermetr M 1730 (o‘lchash chegarasi 0-1-0 m A). Tuzatish kiritish va “1-0-1 m A” ko‘rinishda yozish lozim. Odatda ro‘yxatga metrologik xarakteristikalari ko‘rsatilganlardan past bo‘lmagan boshqa o‘lchov vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan eslatmalar beriladi. Texnik shartlarning barcha bo‘limlarini ko‘rib chiqishda metrologik atamalar, fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligi tekshiriladi. Nazorat savollari 1. Texnik shartlarning tuzilishi va mazmuni. 2. Texnik shartlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish ketma- ketligi. 3. Mahsulotni nazorat qilish turlari.