B va V yuzalarning G 9.2-rasm. Chegaraviy uzunlik yuzaga nisbatan noparallelligi o‘lchovlar blokining A o‘lchovi Demak, terminologik xatoliklar mavjud bo‘lganda talabning haqiqiy ma'nosini tushunish zarur. Chizmada o‘lchamlar ta'sir qiladi, ya'ni chegaralangan joizliklar bilan tanlanma o‘lchash bazasini hisobga olib ularninazorat qilish zaruriyati va imkoniyati tug‘uladi, shuningdek,konstruksiyaning nazoratga yaroqliligi belgilanadi. Chizmalardagi joizliklar va tavsiya qilinuvchi o‘tkazmalar GOST 25346-80 va GOST 25347-82 larga muvofiq bo‘lishi kerak.
Nazoratga yaroqlilik vositalarning va o‘lchash obektining (kontaktli usulda) barcha nisbiy o‘zgarishining bajarilishini hamda nazorat qilinuvchi yuzalar bilan o‘lchash vositasining o‘lchash yuzasi kontaktini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kontaksiz o‘lchash usullarida - bu imkoniyat berilgan kesimda nazorat qilinayotgan yuzaning proeksiyalangan tasviridan olinadi. Ekspert bu parametrlarni o‘rnatadi, lekin berilgan normalardagi aniqliklarning nazorati imkonsiz, juda qiyin. Shuning uchun, yuqori malakali operatorlarni jalb qilishni hamda standartlashtirilmagan, yangi o‘lchash vositalarni ishlab chiqishni talab etadi. Masalan: B yuza o‘qining va uning radiusi koordinatalarini nazoratini (9.3-rasm) qaraylik, bo‘sh joizlikllarga qaramasdan ortiqcha mehnat talab qiladi va universal o‘lchash mikroskopini qo‘llashni yoki koordinatali o‘lchash mashinalarini hamda yuqori malakali opreratorlarni jalb qilishni taqozo etadi. Bunday hollarda texnologik zaruriy aniqlikni ta'minlash maqsadga muvofiq. Chizmalarning metrologik ekspertizasini o‘tkazishda ekspert u yoki bu parametrning nazorati uchun “o‘lchash vositasini tanlamaydi”, lekin u o‘lchash vositasini tanlash masalalarida yaxshi orientasiya olishga majbur, ya'ni korxonada qanaqa o‘lchash vositasi qo‘llanilishini bilishi lozim. O‘lchamlarning, shakllarning, joylashish tartibining joizliklarini hamda yuzalarning g‘adur-budurligiga qo‘yilgan talablarning bir- biriga uzviyligini tekshiradi. Chizmalardagi o‘lchamlarning belgilanish qoidalari va og‘ish chegaralari GOST 2.307-68 ga mos ravishda o‘rnatiladi hamda shakllarning joizliklari va yuzalarning joylashish tartibining zaruriy belgilari, chizmada 9.1-jadvalga mos ravishda ifodalanadi. Shakllarning joizliklari Tsh va joylashish tartibi ikki guruhga bo‘linadi: o‘lchamga nisbatan joizlikning chegaralanuvchi maydoni va o‘lchamga nisbatan joizlikning chegaralanmaydigan maydoni, ya'ni ushbu maydon bilan chegaralanmaydigan.
Agar shakllarning joizliklari va joylashish tartibi chizmada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda og‘ish ko‘rinishi yassilikdan, silindrik, aylana, parallel yuzalardan, simmetrik va boshqa teksliklardan og‘ishidek bo‘ladi. Bunda og‘ish o‘lcham joizligining maydon chegaralarida yo‘l qo‘yiladi. Geometriya joizliklarining nazorati, o‘lchash joizligining chegaralangan maydoni chizmada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiy hisoblanmaydi. Biroq o‘lcham joizliklarini kuzatish shakllarning va joylashish tartibining og‘ishini hisobga olish orqali nazorat qilib turishi shart. Zaruriy shartlar, chegaralanuvchi nazoratda me'yoriy hujjatlarga muvofiq ko‘rsatiladi. Agar bu shartlar kuzatilmasa, shakllar va joylashish tartibining bir qismi nazorat qilinmay qoladi. Masalan: o‘rta kalibr uzunligidan biriktiruvchining uzunligi kattaroq bo‘lsa, biriktiruvchi uzunligida o‘qning to‘g‘richiziqlik joizligi nazorat qilinmasdan qoladi. Bunday hollarda, o‘lcham joyizligining chegaralangan maydonlarida, shakllar joyizligi va joylashish tartibining eng katta qiymatlari detallarning yordamchi belgilari bilan ta'minlanmaydi. Bu joyizliklarni chegaralashga olib kelish tavsiya etiladi. Bunaqa chegaralash texnik yaxshilash va ekspluatasion ko‘rsatkichlar (aniqlik va ishning ravonligi, shovqin darajasi, mexanizm detallarining bir-biriga kiritib ulash usulining aniqligi, detallarning mahkamligi, germetikligi va h.k) uchun zarur hisoblanadi. Bunda tanlangan detalning yordamchi vazifalarini hisobga olib, nisbiy geometrik aniqlikdan mos ravishda, geometrik joyizlik o‘lchash joyizligining 25 % dan 60 % gachasini tashkil etadi deyish mumkin. GOST 24643-81 ga muvofiq quyidagi nisbiy geometrik aniqlikdagi munosabat tavsiya qilinadi: A - normal (TfG’Trx100 % q 60 %) B - oshgani (TfG’Trx100 % q 40 %) V - yuqorgi (TfG’Trxl00 % q 25 %) INCLUDEPICTURE "../../../Users/XURSHI~1/AppData/Local/Temp/FineReader11.00/media/image3.jpeg" \* MERGEFORMAT
B yuza o‘qining va uning radiusi koordinatalarini
nazorati.
Bu yerda: Tf- shakllarning joizligi; Tr- o‘lchamlarning joizligi. Agar geometrik joyizligi uchun o‘lcham joyizligidan 25 % kam foydalanilsa, nisbiy geometrik aniqlik yuqori bo‘ladi. Masalan: optimetrda podshipniklarning kolesini tanlanma nazorat qilish uchun o‘rnatish kolesi tayyorlashda TshG’Tjt~ 5-7 % munosabatdan foydalanish mumkin. Silindrik yuza shaklining joyizligi, ya'ni nisbiy geometrik aniqlik A, B, C darajalarga mos keluvchi o‘lcham joyizliklari taxminan 30, 20 yoki 12 % ni tashkil qiladi chunki, shakllarning joyizligi silindrik yuzaning radiusi og‘ishini, o‘lcham joyizligi esa diametri og‘ishini chegaralaydi. Shakllar joyizligi va joylashish tartibini tanlash o‘lcham joyizligi (perpendikularlik, simmetriklik joyizligini, radial va yondan og‘ish joyizligi) ning chegaralanmagan maydonlari bilan, shuningdek, maqsadli o‘lcham joyizliklari bilan bog‘laydi (muvofiqlashtiradi).