10-AMALIY MASHG‘ULOT. ChIZMALARNING METROLOGIK EKSPERTIZASI. Reja:
1.Detal chizmalarining metrologik ekspertizasi mos ravishda quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi. 2.Shakllar joizligi va joylashish tartibi yuzalarining o‘zaro bog‘langanligini tekshirish.
UMUMIY MA’LUMOTLAR Metrologik eskpertiza yig‘ma, montaj, gabaritli chizmalarni, shuningdek, alohida detallarning chizmalarini ekspertizadan o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Chizmalar metrologik ekspertizasini o‘tkazish tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, konstruktorlarning noto‘g‘ri tuzilgan loyihalari evaziga quyidagilar yuzaga kelishi mumkin:
Asosan konstruksiya hamda joyizliklarning noto‘g‘ri ko‘rsatilgan- ligi bilan bog‘liq ravishda detal va buyumlarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi. Alohida hollarda buning imkoni bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun qimmatbaho o‘lchash vositalarini sotib olish yoki yangilarini ishlab chiqish talab qilinadi;
O‘lcham, shakl, yuzalarning joylashuvidagi joizliklari hamda g‘adir-budur yuzalarga talablar orasidagi munosabatning kuzatilmaganligini keltirish mumkin.
Ekspert-metrologning vazifalariga chizmada shartli belgilarning to‘g‘riligini tekshirish kirmaydi, lekin davlat standartlarining talabla- rini, reglamentlovchi qoidalarni bilishi zarur (masalan: GOST 2.308 -79 talablari bo‘yicha shakllarning joizliklari va yuzalarning joylashishilari o‘rnatilgan qoyidalarini ko‘rsatish yoki GOST 2.309 -73 talablari bo‘yicha yuza g‘adir-budurligining o‘rnatilgan qoidalarini ko‘rsatish). Dastavval chizmada berilgan aniqlikda tekst yozuvlari terminologiyasining to‘g‘riligi tekshiriladi. Asosiy e'tibor shakllarning joizligiga hamda yuzalarning joylashish o‘rniga qaratiladi.
Hali haligacha “noaylana”, “noparallel”, “nosilindr” kabi atamalar qo‘llanilib kelinmoqda, vaholanki GOST 24642-81 da bu atamalar o‘rniga quyidagi “aylanalikdan og‘ish”, “parallellikdan og‘ish”, “silindreklikdan og‘ish”, “aylana joyizligi”, “silindrik joizlik” va h.k. atamalar belgilab qo‘yilgan. Alohida hollarda chizmalarning texnik talablarida nafaqat terminologik xatoliklar, balki ma'no jihatidan ham xatolar uchraydi. Masalan: B va V yuzalarning G yuzaga noparallelligi nisbati 0,01 mm dan ko‘p emas (9.1-rasm), yoki A ning o‘lchami (chegaraviy uzunlik o‘lchovlari bloki) 0,025 mm chegaradagi detalning barcha uzunligida parallel bo' I ish i kerak (9.2-rasm).