imkoniyati mavjud bo`lmagan vaziyatlarda qo`llaniladi. Ayniqsa Polsha
davlatida mazkur usuldan keng qo`llanilgan.
Beshinchisi, davlat korxonalarini turli qismlarga bo`lib yuborib,
ularni alohida-alohida sotish orqali. Bunda
yirik korxonalar bir nechta
korxonalar majmuasidan iborat bo`ladi. Mazkur korxonalardan yaxshi
daromad keltiradigani alohida korxona sifatida sotib yuborilishi mumkin.
Oltinchisi, korxonani uning rahbari yoki mehnat kol-lektivi
tomonidan sotib olinishi. Xususiylashtirishning mazkur usulida ishchi bir
vaqtning o`zida ham mulkdor bo`ladi, ham bozor munosabatlari sharoitida
ijtimoiy jihatdan himoyalangan bo`ladi. Ushbu usul AqShda keng
qo`llaniladi va mazkur korxonalarga soliqlar bo`yicha ko`proq imtiyozlar
berishga harakat qilinadi.
Yettinchisi, davlat korxonasini ijaraga berish
yoki uni boshqarishni
shartnoma
asosida
muayyan
xususiy
korxonaga
topshirish.
Xususiylashtirishning ushbu usulida yangi sha-kldagi korxona o`zining
imkoniyatlarini to`liq namoyon eta olmaydi.
Jahon tajribasidan hamda ichki sharoitdan kelib chiqqan holda
O`zbekistonda xususiylashtirishning quyidagi usul va shakllaridan
foydalanildi:
-davlat korxonasini jamoa korxonasiga, xo`jalik jamiyati yoki
shirkatiga aylantirish;
-ijaraga olingan korxonani kelgusida haq to`lab
sotib olish sharti
bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
-davlat korxonasini tanlov yo`li bilan yoki kimoshdi savdosida
davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish.
Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish, mehnat jamoasi
azolari tomonidan davlat mulkini sotib olinishi yoki bu mulkni ularga tekin
berilishi yo`li bilan amalga oshiriladi.
Bunda jamoa korxonasining
ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab
qo`yiladi. Mazkur miqdor xodimlarning ish staji, maoshining miqdori va
boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
O`zbekistonda xususiylashtirishning davlat korxonalarini xo`jalik
jamiyatlari
va
shirkatlariga
aylantirish
usuli
keng
qo`llanildi.
Xususiylashtirishning mazkur usu-lini keng qo`llashdan maqsad, bozor
iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni mulkdor qilish orqali ularni ijtimoiy
jihatdan himoyalash edi. Chunki bozor munosabatlariga o`tish davrida
ishsiz fuqarolarning soni ortadi hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash
dolzarb muammolardan biri bo`lib qoladi. Aynan mana shunday vaziyatda
fuqaro birorta korxonaning aksiyasiga ega bo`lsa
yoki uning nizom jam-
www.ziyouz.com kutubxonasi
g`armasida o`z ulushiga ega bo`lsa, u ijtimoiy jihatdan hi-moyalangan
bo`ladi, chunki ular vaqti-vaqti bilan dividend olib turishadi. Dastlab yopiq
turdagi aksiyadorlik ja-miyatlari tashkil etilgan bo`lsa, keyinchalik
fuqarolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash uchun,
ular ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Biroq iqtisodiy
tahlillar mazkur jamiyat va shirkatlarda davlat ulushining saqlanib qolishi
maqsadga muvofiq emasligini ko`rsatdi. Shuning uchun ham keyingi
davrdagi iqtisodiy islohotlar xo`jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi davlat
ulushlarini mumkin qadar qis-qartirishga yoki bo`lmasa
ularning
barchasini xususiy sek-torga o`tkazib yuborishga qaratildi. Eng achinarlisi
maz-kur korxonalarda aksiyadorlarning o`z huquqlarini bil-masliklari yoki
ularni amalga oshirmasliklari, mulkdor sifatida ularning manfaatlariga
salbiy tasir ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham korxonalarning korporativ
boshqaruvini tubdan isloh etish dolzarb muammolardan biri bo`lib
qolmoqda.
Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida sotish xususiylashtirishning
samarali usullaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda tanlovni o`tkazish
shartlari, tartibi va muddati maxsus tanlov komissiyasi tomonidan belgilab
beriladi. Tanlov shartlari
Dostları ilə paylaş: