Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Nasionalizasiya 
fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli mol-
mulkka nisbatan bo`lgan mulk huquqini haq to`lash asosida qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o`tkazishdir. Nasionalizasiya mulk 
huquqini vujudga kelishi va bekor bo`lishining asoslaridan biri bo`lib 
hisoblanadi, chunki bunda davlat mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo`lga 
kiritsa, yuridik va jismoniy shaxslar esa mazkur huquqdan mahrum 
bo`lishadi. Uni davlat mulkini vujudga keltirishning tarixiy usullaridan biri 
sifatida ham qarash mumkin
1
. Nasionalizasiya 
majburiy
va 
erkin
ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Majburiy nasionalizasiyada fuqarolar hamda yuridik shaxslarga 
tegishli bo`lgan mulk davlat ixtiyoriga o`tkaziladi va qonun hujjatlariga 
muvofiq mulkdorlarga yetkazilgan zarar qoplanadi. Jaxon tajribasida 
yetkazilgan zarar qoplanmasdan ham mulk nasionalizasiya qilingan 
holatlar mavjud. Masalan, Fransiyadagi «Reno» zavodi urush yillarida 
fashistlarga yordam berganligi va ular bilan hamkorlik qilganligi uchun 
1945 yilda haqi to`lanmasdan nasionalizasiya qilingan. 
Nasionalizasiya erkin ravishda mulkdorning o`z xohishi va 
tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Nasionalizasiya qilinadigan obyektlarni 
vujudga kelish asoslaridan kelib chiqqan holda uni ikkiga ajratish mumkin. 
Birinchisi, dastlabdan xususiy bo`lib kelgan korxonalarni nasionalizasiya 
qilish bo`lsa, ikkinchisi avval davlat tomonidan xususiylashtirilgan 
korxonalarni nasionalizasiya qilish, yani 
deprivatizasiyadir
. Avval 
nasionalizasiya qilingan mulklarni xususiylashtirish esa 
denasionalizasiya 
deb yuritiladi. 
Nasionalizasiyani amalga oshirishdan maqsad quyi-dagilardir: 
-davlat xavfsizligini taminlash hamda jamiyat uchun strategik 
ahamiyatga ega bo`lgan korxonalarni saqlab qolish; 
1
A.П.Сeргeев, Ю.К.Тoлстoй «Гаржданское право», част 1, М., «Проспект» 1998, стр. 362 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-ekologik xavfsizlikni taminlash; 
-tabiiy monopoliyalarni xususiy mulk bo`lishi, istemolchilarning 
huquqlarini himoya qilishda suistemolliklarga olib kelishi mumkinligini 
bartaraf etish; 
-xalq xo`jaligini tarkibiy jihatdan qayta qurish; 
-milliy rejada nazarda tutilgan ijtimoiy-iqti-sodiy vazifalarni amalga 
oshirilishini taminlash; 
-bank tomonidan moliyaviy resurslar ishlatilishini nazorat qilish 
uchun va boshqalar. 
Nasionalizasiyani amalga oshirishda quyidagilar asos bo`ladi: 
-mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga tahdid qilish
-jamiyat uchun zarur bo`lgan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
sohada muhim bo`lgan korxonalarning bankrotligi; 
-korxonalar tomonidan atrof-muhitni ifloslantirilishi; 
-korxona tomonidan daromadni chet elga noqonuniy o`tkazish: 
-xususiylashtirilgan obyekt sohasini o`zgartirish; 
-xususiylashtirilgan mulkning qiymatini tushirish, davlatga tegishli 
bo`lgan aksiya paketlarini real narxlardan pastroq narxda sotish va qonun 
hujjatlarida ko`rsatilgan boshqa hollar. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin