Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


 BOB. BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

5 BOB. BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA 
KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIqARISH VA 
XUSUSIYLASHTIRISH 
 
1. Xususiylashtirishning mohiyati, zaruriyati va tushunchasi 
Bozor munosabatlari ko`p ukladli iqtisodiyotga asoslangan bo`ladi. 
Ko`p ukladli iqtisodiyotda turli mulk shakllari asosida tashkil etilgan 
korxonalar faoliyat yuritishadi. Mulk hamda tadbirkorlik sohasida davlat 
monopoliyasining mavjud bo`lishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo`lmagan 
belgilardan biri bo`lib hisoblanadi. Shu sababli 
i
qtisodiy islohotlar birinchi 
bosqichining g`oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish 
va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko`p ukladli iqti-sodiyotni real 
shakllantirishdan iborat edi
1
.
Sobiq sosialistik tuzum uchun xususiy mulk tushunchasi yot edi. 
Faqatgina mulkning shaxsiy, davlat hamda kolxoz-kooperativ shakllari 
mavjud edi.
 
Shaxsiy mulkdan foydalanib daromad olish qonunga zid 
faoliyat hisoblanardi. Davlat mulki umumxalq mulki deb atalgani bilan
obyektiv reallikda xalq mazkur mulkdan yiroqda edi. Natijada ushbu mulk 
xalq tomonidan emas, balki mavhum bo`lgan subyekt-davlat tomonidan, 
yanada aniqrog`i uning byurokratik apparati tomonidan boshqarilar edi. 
Shuning uchun ham xalqda, ham davlatda mazkur mulkka nisbatan 
mulkdorlik hissi mavjud emasdi. Bu esa uning talon-taroj qilinishiga sabab 
bo`lardi. Kolxoz-kooperativ mulki ham rasmiy jihatdan jamoaniki deb 
etirof etilgani bilan, amalda butunlay davlat ixtiyorida edi. Mulkka 
nisbatan 
bunday 
tartibning 
o`rnatilganligi 
odamlarni 
mulkdan 
begonalashib ketishiga sababchi bo`ldi. Chunki barcha ishlab chiqarish 
vositalari tanxo davlatning mulki edi. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan 
odamlarning ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lishi hamda 
iqtisodiy manfaatdorlikning mavjud emasligi ularda mulkka nisbatan 
egalik hissining yo`qolishiga olib kelgan edi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy 
mohiyati jamiyatdagi mulkni haqiqiy mulkdorlar qo`liga topshirishdan 
iborat. Bunda mulkdor o`z mulkini avaylab-asrashga, uni o`zgalar 
tomonidan talon-taroj etilishiga yo`l qo`ymaydi va eng asosiysi undan 
daromad olish maqsadida foydalana oladi. Sosialistik tuzumda tanqid 
1
Ислoм Кaримoв «Ўзбeкистoн иқтисoдий ислoҳoтлaрни чуқурлaштириш йўлидa», –Т.: Ўзбeкистoн, 1995. 46-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ostiga olingan xususiy mulk, bozor iqti-sodiyotiga asoslangan jamiyatda 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin