Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

4-§. Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash, 
uni hal etish 
 
Q
onunchilikka ko`ra bankrotlik to`g`risidagi ishlar xo`jalik sudlari 
sudloviga taalluqlidir. 
Xo`jalik sudi sudyasi «Bankrotlik to`g`risida»gi qonun va 
O`zbekiston Respublikasi Xo`jalik prosessual kodeksi bilan o`rnatilgan 
talablarga rioya etilgan holda berilgan qarzdorni bankrot deb topish 
to`g`risidagi arizani qabul qilishi shart. 
Bunday talablarga quyidagilar kiradi: 
ariza xo`jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo`lgan shaxs 
tomonidan berilgan bo`lsa; 
ish xo`jalik sudiga taalluqli bo`lsa yoki ariza berilgan xo`jalik sudi 
sudloviga tegishli bo`lsa; 
ariza uni imzolashga huquqi bo`lgan shaxs tomonidan imzolangan 
bo`lsa; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qonunda belgilangan hollarda ariza uchun davlat boji to`langanligi, 
uning miqdori va tartibi to`g`risida malumot; 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza va unga ilova qilingan 
hujjatlarning nusxalari yuborilganligi to`g`-risida malumot. 
Agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo`lsa, imzolashga vakolat 
bergan shaxsning ishonchnomasini talab qi-lish zarur. Arizaning mazmuni 
qonunda o`rnatilgan talablarga mos bo`lishi hamda «Bankrotlik 
to`g`risida»gi qo-nunning tegishli moddalariga binoan to`plangan 
hujjatlardan tashkil topgan ilovaga ega bo`lishi kerak. 
Sudya qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza kelib tushgan 
paytdan etiboran besh kundan kechiktirmasdan arizani qabul qilish va 
bankrotlik ishini qo`z-g`atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud 
qaytarish to`g`risidagi masalani hal qiladi. Ariza ish yuritishga qabul 
qilingan taqdirda ariza kelib tushgan kundan etiboran o`n kundan 
kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi ma-salani hal qiladi. Arizani 
ish yuritishga qabul qilish va ko`rib chiqishga tayyorlash to`g`risidagi 
ajrimda kredi-torlarning talablarini qondirishga doir chora-tadbir-lar ham 
ko`rsatib o`tilishi mumkin. Sud amaliyotida bu ikki masalani bir ajrimda 
ko`rsatib o`tish odat tusiga kirgan. 
Agar yuqorida ko`rsatib o`tilgan talablardan birortasi buzilsa ham, 
sudya qarzdorni bankrot deb topish to`g`-risidagi arizani qabul qilishni rad 
etishga haqli. Ma-salan, agar qarz qarzdor tomonidan uch oydan kam 
bo`lgan muddatda to`lanmagan bo`lsa, ariza qabul qilinmaydi va bu 
to`g`rida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim XPKning 117-moddasiga asosan 
yakka tartibda sudya tomonidan 5 kunlik muddatda chiqariladi. Arizani 
qabul qilishni rad etish to`g`risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi 
mumkin. Qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi arizani qay-tarish 
asoslari XPKga asosan umumiy tartibda amalga oshiriladi, yani: 
shakli va mazmuni «Bankrotlik to`g`risida»gi qonun talablariga rioya 
etmagan holda tuzilgan bo`lsa; 
ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo`lmagan 
shaxs yoki mansab-mavqei ko`rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan 
bo`lsa; 
ish mazkur xo`jalik sudi sudloviga tegishli bo`lmasa; 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza va unga ilova qilingan 
hujjatlarning nusxalari yuborilganligi to`g`-risida malumot bo`lmasa; 
belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to`langanligini 
tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo`lsa; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


arizani ish yuritishga qabul qilish to`g`risidagi ajrim chiqarilgunga 
qadar uni qaytarib olish to`g`risida ariza-chidan ariza kelib tushgan bo`lsa. 
Arizani qaytarish to`g`risidagi ajrimni sudya yakka tartibda 
chiqaradi, hujjatlar arizachiga qaytariladi, maz-kur ajrim ustidan shikoyat 
qilinishi mumkin. Yo`l qo`yil-gan xatolar bartaraf etilgandan keyin, ariza 
qaytadan umumiy asoslarga ko`ra xo`jalik sudiga qayta topshirilishi 
mumkin. 
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunning 46-moddasida kreditorlar 
talablarini taminlashga doir chora-tad-birlar belgilab berilgan. Ishda 
ishtirok etuvchi shaxs-larning arizasiga binoan sud kreditorlarning 
talablarini qondirish yuzasidan choralar ko`rishga haqli. XPKning 77-
moddasida ko`rsatib o`tilgan choralardan tashqari sud tashqi boshqaruvchi 
yoki tugatish boshqaruvchisining roziligisiz bitimlar tuzishni taqiqlab 
qo`yishi, 
shuningdek 
qarzdorni 
qimmatli 
qog`ozlarni, 
valuta 
jamg`armalarini hamda boshqa mulklarni saqlab turish uchun uchinchi 
shaxslarga topshi-rishga majbur qilishi mumkin. Shuningdek qarzdorning 
mol-mulkini butunligicha saqlab turishga qaratilgan boshqa chora-
tadbirlarni amalga oshirishga haqlidir. 
Kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
ko`rish haqidagi ariza, u kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan 
ko`rib chiqilishi shart va uning natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi 
mumkin bo`lgan ajrim chiqariladi. Ko`rilgan choralar tashqi bosh-qaruv 
joriy qilingunga yoki qarzdorning bankrot deb topilishiga yoxud tugatishga 
doir 
ish 
yuritishning 
yakunlanishiga 
yoki 
kelishuv 
bitimining 
tasdiqlanishiga yoki qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to`g`risidagi 
hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar amalda bo`ladi. 
Qarzdor besh kunlik muddat ichida xo`jalik sudiga, arizachiga va 
ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma 
fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko`rsatilmagan barcha kreditorlarni 
o`ziga nisbatan bankrotlik to`g`risida ish qo`zg`atilganligidan xabardor 
qilishga haqli, qarzdorning xo`jalik sudiga yuborayotgan yozma fikriga 
mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik to`g`risidagi 
ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi 
dalillar ilova qilinishi kerak. Qarzdorning yozma fikrining yo`q-ligi 
bankrotlik ishining sudda ko`rib chiqilishiga to`s-qinlik qilmaydi.
Shuningdek, 
qarzdorning 
etirozlari 
yo`q 
bo`lgan 
taq-dirda 
kreditorning talablari asoslantirilgan deb hisob-lanadi. Sud tomonidan 
qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza XPKning va «Bankrotlik 
to`g`risida»gi qonunning talablariga mos ravishda tuzilganligi tasdiq-
www.ziyouz.com kutubxonasi


langanidan keyin sudya XPKning 122-moddasida belgi-langan ishni 
ko`rishga tayyorlashga doir harakatlarni amalga oshirish masalasini ko`rib 
chiqadi. Ushbu harakatlarning qo`llanilish tartibi bankrotlik to`g`risidagi 
ishning xusu-siyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
Sudya arizachi tomonidan qarzdorning to`lovlarni amalga oshira 
olmasligini tasdiqlovchi, asoslantirish uchun keltirgan dalillarini 
daxldorligini tekshiradi. Kreditor tomonidan keltirilgan talablarni 
asoslantiruvchi isbot-larning ham daxldorlik masalasi tekshiriladi. Sudya 
asosli qaror chiqarishi uchun materiallar yetarli emas deb hisoblasa, 
qo`shimcha dalillarni taqdim qilishni talab etishi mumkin. Masalan, 
arizachi Davlat soliq inspeksiyasi bo`lsa, sudya nafaqa fondi va mehnat 
birjasidan qarz-dorning bu tashkilotlardan qarzi bor yo`qligi haqida ma-
lumot taqdim etishini so`raydi.
Ishni ko`rishga tayyorlash sudya tomonidan yakka tar-tibda va ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarga xabar bermasdan amalga oshiriladi. Ishni 
ko`rishga tayyorlashdan keyingi bosqich, bu arizachi yoki kreditorlarning 
talablariga nis-batan qarzdor tomonidan keltirilgan vajlarni tekshi-rishdir. 
Umumiy 
asoslarda 
ishni 
ko`rishga 
tayyorlashda 
vajlarning 
asoslantirilganligi sud tomonidan bevosita nizo ko`rilayotgan paytda 
tekshirilsa, bankrotlik ishlarida vajlarning asoslantirilganligi ishni 
mazmunan ko`rib hal qilishdan oldin tekshiriladi. Qarzdorning vajlarini 
tekshirish bo`yicha alohida ajrim chiqarilish-chiqaril-masligi haqida 
qonunda alohida norma belgilanmagan, shu-ning uchun bu haqda qarzdor 
yoki kreditorlarni xabardor qilish maqsadga muvofiq bo`lar edi. Qarzdor 
vajlarining asosliligini tekshirish natijalari tegishli kreditorlar yig`ilishida 
ovozlar sonini aniqlashga asos bo`lishi mum-kinligi uchun, sud bu vajlarni 
mazkur majlisning birinchi yig`ilishi bo`lib o`tgunga qadar tekshirishi 
lozim, chunki «Bankrotlik to`g`risida»gi qonunga muvofiq kreditor-
larning birinchi yig`ilishi ishni sudda mazmunan ko`rib hal qilinishidan 
oldin o`tkazilishi kerak. Qarzdorning vaj-larini tekshirish natijasida sud 
tomonidan bu haqda aj-rim chiqariladi, uning ustidan shikoyat keltirilishi 
mum-kin emas, chunki bu hakda XPK va «Bankrotlik to`g`risida»gi 
qonunda ko`rsatib o`tilmagan. 
Bundan tashqari, qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun va 
ishni ko`rishga tayyorlashda, ishni ko`rishda maxsus bilimlarni talab 
qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun xo`jalik sudi ekspertiza 
tayinlaydi. Eks-pertiza nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ilti-
mosiga ko`ra, balki xo`jalik sudining topshirig`iga asosan ham tayinlanishi 
mumkin, chunki bu xo`jalik prosessual huquqi normalariga zid emas. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bankrotlik to`g`risidagi ish umumiy tartibda ko`rilganda qarzdorni 
bankrot deb topish to`g`risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi 
haqida ajrim chiqarilgan kundan etiboran uch oydan ortiq bo`lmagan 
muddatda ko`rib chiqiladi. Alohida hollardagina ishni ko`rish ikki oydan 
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 
Sudya qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ari-zani o`z ish 
yurituviga qabul qilayotgan vaqtda kuzatuvni joriy etish va muvaqqat 
boshqaruvchini tayinlash to`g`risida ajrim chiqarishi mumkin. Kuzatuv 
joriy etish to`g`risidagi masala sudya tomonidan ariza kelib tushgan 
kundan boshlab o`n kun ichida hal etiladi.
Sudya bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha 
qo`yidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: 
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash;
Qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to`g`risidagi qaror; 
sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini 
uzaytirish;
bankrotlik to`g`risidagi ish yuritishni tugatish;
Qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi arizani ko`rmasdan 
qoldirish;
kelishuv bitimini tasdiqlash to`g`risidagi ajrim. 
Mazkur sud hujjatlari, agar qonun bilan boshqacha qoidalar 
belgilangan bo`lmasa, darhol ijro etiladi. 
Tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshmagan muddatda 
amalga oshiriladi. Bu muddat zarurat bo`lganda sudning ajrimi bilan 
uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish mobaynida qarzdorning to`lov qobiliyati 
tiklanishiga yetarli asoslar, yani moliyaviy tahlil malumotlari bilan 
tasdiqlangan asoslar paydo bo`lsa va qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va 
(yoki) tashqi boshqaruv taomili joriy etilmagan bo`lsa, tugatish bosh-
qaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan etiboran bir oylik muddat 
ichida tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga o`tish 
haqidagi iltimosnoma bilan xo`jalik sudiga murojaat etish to`g`risidagi 
masalani ko`rib chiqish maqsadida kreditorlar yig`ilishini chaqi-rishga 
majburdir. 
Tugatish 
boshqaruvchisi 
kreditorlar 
bilan 
hisob-kitoblar 
tamomlanganidan keyin tugatishga doir ish yuritishni o`tkazish natijalari 
haqidagi hisobotni xo`jalik sudiga taqdim etadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik sudi hisobotni ko`rib chiqib, tugatishga doir ish yuritish 
tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi 
zimmasiga bu ajrimni yuridik shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi 
organga o`n kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi. 
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi 
to`g`risidagi yozuv ajrim taqdim etilgan kundan etiboran uch kundan 
kechiktirmay kiritiladi. Bu paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining 
vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarz-dor 
esa tugatilgan hisoblanadi. 
Xo`jalik sudi tomonidan bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rib 
chiqishning har qanday bosqichida qarzdor va kreditorlar kelishuv bitimi 
tuzishga haqlidirlar. Kelishuv bitimini tuzish to`g`risidagi qarorni qabul 
qilish, uni tuzish tartibi, shakli va mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari, 
haqiqiy emasligi va oqibatlari qonunda belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Kelishuv bitimi xo`jalik sudi tomonidan tasdiq-lanishi kerak, bu 
haqda bankrotlik to`g`risidagi ish yuri-tishni tugatish to`g`risidagi ajrimda 
ko`rsatib o`tiladi.
Tashqi boshqaruv jarayonida xo`jalik sudi tomonidan kelishuv 
bitimining tasdiqlanishi kreditorlar talab-larining qondirilishiga joriy 
etilgan moratoriy hamda bankrotlik to`g`risida ish yuritishning tugatilishi 
uchun asos bo`ladi. Agar kelishuv bitimi xo`jalik sudi tomonidan 
tugatishga doir ish yuritish davrida tasdiqlangan bo`lsa, xo`jalik sudining 
qarzdorni bankrot deb topish va tuga-tishga doir ish yuritishni boshlash 
to`g`risidagi qarori ijro etilmasligi kerak. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin