mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish va qarzdorning balans qiy-mati
qarzdor aktivlari balans qiymatining o`n foizdan ko`prog`ini tashkil
etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog`liq bitimlarni; zayomlar
(kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish
huquqlaridan o`zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga
o`tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish
shartnomasini
tuzish
bilan
bog`liq
bitimlarni
faqat
muvaqqat
boshqaruvchining
yozma
roziligiga
binoan
tuzishlari
mumkin.
Shuningdek, ular qarz-dorni qayta tashkil etish va tugatish; yuridik shaxsni
tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki; vakolatxonalar ochish va
filiallar tashkil etish; dividendlar to`lash yoki qarzdorning daromadini
(foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o`rtasida taqsimlash; qarzdor
tomonidan Obligatsiyalar va boshqa emissiya qog`ozlarini (aksiyalardan
tashqari) joylashtirish; ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotish
olish to`g`risidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas.
Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan xo`jalik sudining ajrimi bilan
muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va majburiyatlari
qonunda aniq belgilab qo`yilgan. Jumladan, muvaqqat boshqaruvchi
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taminlash choralarini ko`rishi;
uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; kreditorlarni aniqlashi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi; qarzdorga nisbatan kuzatuv
joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi; kreditorlarni birinchi
yig`ilishini chaqirishi va o`tkazishi shart.
Kreditorlarning birinchi yig`ilishi vakolatiga quyi-dagi qarorlarni
qabul qilish kiradi: sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish
yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqida iltimosnoma bilan xo`jalik sudiga murojaat qilish;
kreditorlar qo`mitasining miqdoriy tarkibi, uning azolarini saylash;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki
tugatuvchi boshqaruvchining nomzod-larini maqullash to`g`risidagi
qarorlar.
Xo`jalik sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topil-ganda va
tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sa-nasiyasi yoxud tashqi
boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan etiboran
kuzatuv tugatiladi.
Dostları ilə paylaş: