sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o`tkazmagan holda qo`llaniladigan
bankrotlik taomilidir.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ish-tirokchilari)
yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar)
sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma
bilan kreditorlar
yig`ilishiga yoxud bevosita xo`jalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga
sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali
ko`rsatilgan holda qarz-dorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmog`i
lozim.
Xo`jalik sudi tomonidan sud sanatsiyasi joriy etish to`g`risida ajrim
chiqariladi. Unda sud sanatsiyasining mud-dati,
sud tomonidan
tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish taminotini
bergan shaxslar haqidagi, bunday taminotning miqdori va shakllari, sa-
nasiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to`lanadigan haq miqdori
haqidagi malumotlar bo`lishi lozim.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi ko`pi bilan yigirma to`rt oylik muddatga joriy etiladi,
bu muddat majburiyatlarni bajarish
ta-minotini bergan shaxslar
kreditorlarning talablarini qondirish uchun xo`jalik sudi tomonidan ko`pi
bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi joriy etish qonunda belgilangan qu-yidagi oqibatlarga
olib keladi:
kreditorlarning talablarini taminlash yuzasidan ilgari qabul qilingan
choralar bekor qilinadi;
Qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nis-batan uning
o`ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini
boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi
mumkin;
sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majbu-riyatlarini va
majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatni
bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun neustoyka va boshqa iqtisodiy sanksiyalar,
to`lanishi lozim bo`ladigan foizlar qo`llanilmaydi.
Sud sanatsiyasi joriy etilganda kuzatuvdagi singari qarzdor va uning
boshqaruv organlari qonunda belgilangan ayrim bitimlarni tuzishga va
boshqa harakatlarni qi-lishga haqli emas.
Sud sanatsiyasi joriy qilinganda xo`jalik sudi to-monidan sanatsiya
qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sanasiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari va maj-buriyatlari
qonun hujjatlarida belgilangan.
Sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanishi
yoki tugatilishi
mumkin. Ular bir-biridan farq qiladi. Kreditorlarning qarzni uzish
jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining belgilangan
muddati o`tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilganda
qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi
haqida xo`jalik sudiga hisobot taqdim etadi. Xo`jalik sudi mazkur
hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini ko`rib chiqib,
- agar uzilmagan
qarz qol-maganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb
topilgan bo`lsa, qarzdor rahbarining hiso-botini tasdiqlaydi va bankrotlik
to`g`risidagi ish yuri-tishni to`xtatadi; - agar uzilmagan qarz borligini aniq-
lagan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo`lsa, qarzdor
rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda bular haqida shikoyat
(protest) qilinishi mumkin bo`lgan ajrim chiqaradi.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish
uchun esa quyidagilar
asos bo`ladi: kreditorlar talablarini qanoat-lantirishning qarzni uzish
jadvalida belgilangan mud-datlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor
tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq
muddatga) buzilganligi; qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir
emasligidan dalolat beruvchi holat-larning mavjudligi. Xo`jalik sudiga sud
sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatib, tashqi boshqaruvni joriy etish yoki
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir
ish yuritishni boshlash
haqida iltimosnoma bilan kreditorlar yig`ilishi murojaat qilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi, shuningdek belgilangan muddat tugashi munosabati
bilan ham tamomlanadi. Sud sanatsiyasining tamomlanishi to`g`risidagi
masala sud majlisida ko`rib chiqiladi va bu haqda xo`jalik sudining tegishli
sud huj-jati qabul qilinadi.
Bankrotlik to`g`risidagi qonunda majburiyatlarning taminot bergan
shaxslar
tomonidan
bajarilishi,
tami-notdan
kelib
chiqadigan
majburiyatlarni bajarish yakunlari to`g`risidagi hisobot hamda taminot
bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari ham batafsil
yoritilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi