www.ziyouz.com kutubxonasi
3 BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQIY
MUNOSABATLAR
Xo`jalik (tadbirkorlik) huuquqiy munosabatlar
tushunchasi, belgilari va tarkibiy qismlari
Malumki ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga
solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. O`z navbatida
huquqiy munosabat o`zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog`liq
bo`lgan shaxslar o`rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar
asosidagi aloqa hisoblanadi.
Xo`jalik huquqiy munosabatlar deganda, xo`jalik (tadbirkorlik)
faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tijorat hamda
notijorat tusdagi xo`jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
borasida xo`jalik yurituvchi subyektlar ishtirokida yuzaga keladigan va
xo`jalik xuquqiy normalari bilan tartibga solib turiladigan munosabatlar
tushuniladi. Xo`jalik huquqiy munosabatlar birinchidan, ijtimoiy tusdagi
munosabat, ikkinchidan, bunday munosabatlar xo`jalik yurituvchi
subyektlarning o`zaro huquqlar va yuridik majburiyatlar vositasidagi
aloqalari,
uchinchidan,
bunday
munosabatlar
irodaviy
bo`lsa,
to`rtinchidan, xo`jalik huquqi normalarida davlat irodasi va manfaatlari
aks ettirilganligi uchun davlat ularning bajarilishini nazorat qiladi va
qo`riqlaydi.
Xo`jalik xuquqiy munosabat ishtirokchilari aksariyat hollarda
o`zlariga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanish, uni tasarruf etishda
muayyan mustaqillikka ega bo`lib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli
shaxslar hisoblanadilar. Bundan tashqari, xo`jalik huquqiy munosabatda
qatnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar odatda
sudga ariza yoxud davo ariza taqdim qilish yo`li bilan himoya qilinadi.
Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari o`ziga xos
subyektiga, obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv
huquq va majburiyatlariga ega. Gap xo`jalik huquqi to`g`risida ketar ekan,
iqtisodiy muomala ishtirokchilarining o`zaro huquqiy aloqadorligi mano
va mazmunini aniq belgilash maqsadida lozim darajada xo`jalik huquqiy
munosabatlarning
barcha
yuqoridagi
kabi
muhim
toifalarini
(kategoriyalarini) chuqur tadqiq etish fan oldida turgan muhim
vazifalardan sanaladi
1
. Haqiqatan, xo`jalik huquqiy munosabatlar tabiati
1
Мартемянов В.С. Хозяйственное право. Том 1. Общие положения. Курс лекции. -М.: БЕК, 1994. 34-б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
xilma-xil hisoblanganligi uchun ham, uning tushunchasi va vujudga kelishi
haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli-tumandir.
Xo`jalik huquqi korxona va tashkilotlar o`rtasida vujudga keladigan
xo`jalik faoliyatini tartibga solish va amalga oshirishda, ularning
bo`linmalari o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Bu munosabatlar xo`jalik munosabatlari bo`lib, ishlab chiqarish va qayta
ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi, lekin ishlab chiqarish
jarayonida nafaqat xo`jalik, balki shu bilan birga mehnat munosabatlari
yoki fuqarolarning tobora oshib borayotgan moddiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan boshqa munosabatlar ham vujudga keladi.
Takidlash joizki, xo`jalik huquqining predmetini ishlab chiqarish
munosabatlarining hammasi emas, balki faqat bir qismi, u ham bo`lsa
xo`jalik munosabatlari tashkil etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan xo`jalik faoliyati turli
mulkchilikka asoslangan subyektlar o`rtasida yuzaga kelmoqda. Bu sohada
vujudga keladigan xo`jalik munosabatlari o`z ichiga nafaqat mulkiy yoki
shaxsiy munosabatlarni, balki korxona va tashkilotlarni, ularning
bo`linmalari faoliyatini tashkil etish, boshqarishdek muhim jihatlarni ham
qamrab oladi. Bu esa, xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda vujudga
keladigan gorizontal xo`jalik munosabatlari bilan birga uni boshqarishda
yuzaga keladigan vertikal xo`jalik munosabatlariga ham taalluqli bo`ladi.
Xo`jalik huquqiy munosabatlar elementlari shu munosabat subyektlari,
obyektlari va uning mazmunidan iborat bo`ladi.
Xo`jalik huquqiy munosabatlarning subyektlari bo`lib ana shu
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik shaxs
huquqiga ega bo`lgan korxona va tashkilotlar, shuningdek ularning
bo`linmalari hisoblanadi.
Agar biz xo`jalik huquqiy munosabatlarining subyektlari xususidagi
olimlarning adabiyotlarda berilgan fikrlariga etibor beradigan bo`lsak, bu
borada V.V.Laptevning qarashlari bir muncha diqqatni o`ziga jalb etadi.
Uning fikricha, xo`jalik faoliyati ishtirokchilari korxonalar, tashkilotlar,
ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa xo`jalik organlari hisoblanadi.
Ular bir vaqtning o`zida xo`jalik huquqining subyektlari va xo`jalik
munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib ham hisoblanadi
1
. Professor
V.V.Laptev 80-yillardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ana shu fikrini
aytgan. Hozir esa bozor munosabatlari xo`jalik huquqiy munosabatlarni
ham va uning ishtirokchilari subyektlarining tarkibini juda ham o`zgartirib
1
Лаптев В.В. Экономика и право. –М., 1981 й.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yubordi. Shunga ko`ra, xo`jalik huquqiy munosabatlarning subyektlari
qatoriga barcha turdagi korxonalar, jumladan fuqarolarning xususiy
mulkiga
asoslangan
(jamoa,
oila)
korxonalar,
ishlab
chiqarish
kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari, masuliyati cheklangan jamiyat,
o`zga xo`jalik jamiyatlari yoki shirkatlari, shuningdek dehqon xo`jaliklari,
fermer xo`jaliklari va boshqalar kiradi. Xo`jalik huquqiy munosabatlarning
subyektlari faqat shular bilan cheklanib qolmaydi, balki bozor
munosabatlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borar ekan, bu
jarayon tadbirkorlarning o`zga tarzdagi guruhlarining yuzaga kelishiga va
ularning fuqarolik muomalasiga yanada ko`proq jalb etilishiga olib keladi.
Xo`jalik munosabatlarining yana bir muhim subyekti mavjudki, u ham
bo`lsa yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi
jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to`g`risida»gi 2000 yil 25 mayda qabul qilingan qonunda
1
o`z
aksini topgan.
2
Xo`jalik huquqiy munosabatlarining subyektlari bo`lishlari uchun
tadbirkor fuqarolar huquq va muomala layoqatiga ega bo`lishlari lozim.
Tadbirkor fuqarolarning huquq layoqati ularning tug`ilishi bilan
paydo bo`ladi va vafot etishi bilan bekor bo`ladi. Ularning to`la muomala
layoqati 18 yoshga etishi bilan boshlanadi, ammo ayrim hollarda tadbirkor
sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan 16 yoshga to`lgan voyaga yetmagan shaxs
qonunda ko`rsatilgan asoslarda to`la muomala layoqatiga ega deb
hisoblanishi mumkin (FKning 28-moddasi).
Xo`jalik
huquqiy
munosabatlarning
subyekti
bo`lgan
korxonatashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning huquq va muomala
layoqati ular davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan boshlab vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |