Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Kredit shartnomasi yuzasidan majburiyatlarning



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

8-§. Kredit shartnomasi yuzasidan majburiyatlarning 
buzilishi va uning uchun javobgarlik 
Xo`jalik subyektlariga kredit berish bilan bog`liq munosabatlarda 
majburiyatlarni o`z vaqtida, to`liq, real bajarilishini taminlash muhim 
amaliy ahamiyatga ega. Chunki majburiyatlarni real va lozim darajada 
baja-rilishi fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlarini 
himoya qilishning muhim shartlaridan bo`lib hisoblanadi. 
Bank krediti bilan bog`liq huquqiy munosabatlarda kredit 
shartnomasi shartlarini buzganlik uchun qo`lla-niladigan javobgarlikning 
asosiy shakllari bo`lib ayb-dor shaxsga neustoyka qo`llash, undan 
yetkazilgan zararni undirib olish kabilar sanaladi. Bunday munosabatlarda 
neustoykaning miqdori odatda tomonlar kelishuviga ko`ra belgilanadi va 
shartnomada ko`zda tutiladi. Majbuiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik 
qo`llashning prinsiplari va umumiy shartlari O`zbekiston Respublikasining 
1998 yil 29 avgustdagi «Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida»gi qonunida belgilab qo`yilgan. 
Bank krediti bo`yicha olingan kredit o`z vaqtida qaytarilmaganligi 
uchun oshirilgan miqdorda foiz haq to`lash nazarda tutilishi mumkin. 
Oshirilgan miqdordagi foiz xaq olinishi majburiyatni buzganlik uchun jazo 
cho-rasi sifatida qo`llanilganida u neustoykaning bir shakli sifatida 
baholanishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik subyektiga bank tomonidan 
odatdagidan qo`layroq shaklda (blankali) kredit berilganida ham oshirilgan 
foiz haq olinishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda oshirilgan foiz 
haq jazolash xususiyatiga ega bo`lmaydi va shartnoma muddatlari 
buzilmasa-da, qo`llanilaveradi. 
Mijoz kredit shartnomasi shartlarini buzgani, berilgan kreditdan 
maqsadsiz foydalangani yoki uning moliyaviy-xo`jalik ko`rsatkichlari 
yomonlashgani taqdirda unga nisbatan javobgarlikning o`ziga xos turi 
kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, avval be-rilgan kredit 
va uning uchun foiz haqni qaytarib olish, keyinchalik kredit berishni 
to`xtatish chorasi qo`lla-nilishi mumkin. Ajratilgan kreditni o`z vaqtida 
mi-jozga bermaganlik uchun bank javobgarligi qonun huj-jatlarida va 
kredit shartnomasida nazarda tutib qo`yi-ladi. Kredit shartnomasi bo`yicha 
uning taraflari ja-vobgarligi to`liq bo`lib, aybdor taraf o`z shartnomaviy 
hamkoriga ko`rilgan barcha zararlarini (yo`qotilgan pul yoki mulk qiymati, 
olinmasdan qolgan daromad (foyda), qilingan moddiy va boshqa 
harakatlar) to`liq hajmda qoplab berishi lozim bo`ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tijorat banklari mijozlarga kredit berishga oid shartnoma 
munosabatlaridan tashqari boshqa faol mo-liyaviy operasiyalarni amalga 
oshirishlari mumkin. Bunday munosabatlar jumlasiga lizing, faktoring, 
vekselni hisobga olish, forfeyting kabilar kiradi. Ularning barchasi bankda 
jamlangan vaqtincha bo`sh mablag`larni uchinchi shaxslarga haq evaziga 
berishga qaratilgan bank faoliyatidan iboratdir. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin