Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Yüklə 344 Kb.
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü344 Kb.
#130130
1   2   3   4   5   6
Gelmintlar

Biologiyasi. Tovuq sestodozlarini qo‘zg‘atuvchilarning barchasi biogelmintlar bo‘lib, oraliq xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi.
Davainea proglottina uchun oraliq xo‘jayin quruqlikda yashaydigan mollyuskalar hisoblanadi. Ularning tanasida invazion sistitserkoid 20-22 sutkada rivojlanib yetishadi va mollyuska bilan tovuq organizmiga tushgan sistitserkoid 12-16 kunda jinsiy voyaga yetadi.
Raillietina echinobothrida va R.tetragona larning oraliq xo‘jayini chumolilardir. Asosan, chumolilarning lichinkalari invaziyalanadi va ular voyaga yetib, yetuk chumoliga aylanishi bilan chumoli tanasidagi sistitserkoid ham rivojlanishdan to‘xtaydi.
Chumoli bilan tovuqlar yutgan sistitserkoidlar 19-23 kunda jinsiy voyaga yetgan sestodaga aylanadi. Parrandalar asosan, kasallikni yilning ikkinchi yarmida yuqtiradi.
Epizootologiyasi. Davainea proglottina har kuni bittadan bo‘g‘in (proglotid) ajratadi. U tezak bilan tashqi muhitga tushib, o‘tlarga yopishgan xolda sudralib yuradi. Tovuqlarning och qolishi sestodalarda bo‘g‘in ajralishini sekinlashtirishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Mazkur sestodalarning onkosferasi quruqlikka va sovuqqa chidamsiz (00S harorat ham halokatli ta’sir etadi). O‘rtacha namlikda onkosfera 5 kungacha yashay oladi. Shuning uchun ham zaxkash va soya joylarda tovuqxonalar qurish tavsiya etilmaydi.
Sestodozlar asosan jo‘jalarda ko‘proq uchraydi, tovuqlar nisbatan kam zararlanadi. Tovuqlar yaxshi boqilmaydigan xo‘jaliklarda ses­todozlar juda ko‘p jo‘jalarni halok qiladi. Aksincha, to‘yimli oziqlar bilan parvarishlanadigan va yaxshi tovuqxonalarda saqlanadigan tovuqlar sestodoz bilan kam kasallanadi.
Patogenezi va patologo-anatomik o‘zgarishlar. Ushbu sestodalar parranda ichagining shiliq pardalarini skoleks so‘rg‘ichlari bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko‘p miqdorda to‘planib, ichakning tiqilib qolishiga va hatto yorilib, peretonit kasalining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan toksinlar tovuq organizmini zaharlab holdan toydiradi.

Prosthogonimus авлодига мансуб трематодаларнинг
ривожланиши.



Echinostomatidae oilasiga mansub trematodalar­ning
rivojlanish sikli.

Yüklə 344 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin