Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги


Siyosiy-ijtimoiy notiqlik



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə11/98
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Siyosiy-ijtimoiy notiqlik:

  1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.

  2. Sessiya, konferensiyadagi nutq.

  3. Siyosiy nutq.

  4. Diplomatik nutq.

  5. Siyosiy sharh.

  6. Harbiy vatanparvarlik nutqi.

  7. Miting nutqi.

  8. Ilmiy-ommabop nutq.

Akademiq notiqlik:

  1. O`quv yurtlari ma’ruzalari.

  2. Ilmiy nutq (ma’ruzalar).

  3. Ilmiy sharh.

  4. Ilmiy axborot.

Sud notiqligi:

  1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.

  2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.

  3. Oqlovchi (advokat) nutqi.

  4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi.

  5. O`z-o`zini himoya qilish nutqi.

Ijtimoiy-maishiy notiqlik:

    1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).

    2. Ta’ziya (motam) nutqi.

    3. Tabrik nutqi (tost).

Diniy notiqlik:

  1. Xutba.

  2. Va’z.

Nutqiy san’atlar

Og’zaki nutq Yozma nutq

1. Voizlik. 1. Dabirlik

2. notiqlik 2. Kotiblik

3. Suxandonlik 3. Munshiylik

4. Qissago`ylik (mirzolik) va hokazo.

5. Roviylik

6. Badihago`ylik

7. Askiyachilik

8. Maddohlik va hokazo35.

Axborotni bevosita (jonli muloqot orqali) va bilvosita (axborot tarqatish vositalari orqali) uzatish mumkin. Hozirgi davrda ommaviy axborot vosi­talari, xususan, radio-televideniye, internet tarmog’i orqali har qanday ma’lumotni darhol, "sovutmasdan" dunyoning istagan burchagiga yetkazish mumkin bo`lgan holda notiqqa, ya’ni odamlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxsga ne ehtiyoj? Nima uchun axborot tarqatish vosita-lari o`ta taraqqiy etgan bugungi kunda ham notiqlikning, jonli nutqning ahamiyati yo`qolmay, aksincha, hayotdagi o`rni va mavqyei ortib bormoqda?

Og’zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida lisoniy vositalardan tashqari eng nozik fikr va tuyg’ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq ohangi, uning hissiyot bilan omuxta bo`lishi, qo`l va tana harakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolisoniy vositalardan foydala-nishi hamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlari-ni hisobga olishi bilan ta’sirchan qilishga, to`g’ri tushunishga yordam beradi»36.

Nutq mavzusining turlicha bo`lishi notiqning tayyorgarligi, bilim darajasi va vaziyat bilan bevosta bog’liq. Demak, nutq mavzusi, vaziyat taqozosi bilan til vositalaridan turlicha foydalaniladi.

Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so`zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kidlab o`tilganidek, umumiy bo`lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so`zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo`lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so`zlanishidan qat’iy nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo`lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq so`zlashdan ma’lum maqsad bo`lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o`tkazish, ta’sir o`tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o`zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo`ladi.

«Har qanday o`qituvchi (muallim) ham notiq, zero, uning faoliyati o`z shogirdlariga nutq bilan murojaat etishdan iborat. O`qituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bog’liq ma’lum maqsadga erishish, o`z xohish-istaklarini ro`yobga chiqarishga intiladi. Albatta, nutq so`zlar ekan u, avvalo, o`quvchi-talabalarga u yoki bu bilimni, ya’ni axborotni berishga intiladi. Lekin, ma’lumki, har qanday nutqiy muloqot u yoki bu ma’noda axborotni uzatish bilan bog’liq. O`qituvchi ma’ruza o`qishdan ko`zlagan maqsadining o`ziga xosligi nimada? O`zida bor bilimlar bilan o`rtoqlashish istagining paydo bo`lishiga nima turtki beradi? Umumiy tarzda ularni quyidagicha belgilash mumkin: avvalo, o`zgalardan o`z hamfikrlarini tayyorlash. Intellektual hamfikrlar talabalar auditoriyasida yoki olaylik, ilmiy anjuman-larda shakllanadi va professor bu joylarda ma’­ruza o`qib ma’lum masala yuzasidan o`z nuqtai nazarini bayon etar ekan, talabalar yoki hamkasblarni o`z fikrlariga sherik qilishga intiladi. Bundan tashqari o`qituvchi-olim kasbi-ning asosini aqliy, jumladan, ilmiy faoliyat tashkil etadi. Ya’ni profes­sor, avvalo, tadqiqotchi, pedagogik faoliyat esa uning ilmiy faoliyatining o`ziga xos davomidir. Aqliy faoliyat bilan doim mashg’ul bo`lgan kishi esa doimo intellektual qoniqmaslik holatida bo`ladi. Bu tabiiy hol, zero, inson fikrlarining to`g’ri ekanligidan shubhalangan taqdirdagina fikrlaydi. O`z fikr va g’oyalarini so`nggi haqiqat deya qabul qilgan va shubhadan to`xtagan kishi fikrlashdan ham to`xtaydi. Shuning uchun kasbi fikrlash bo`lgan o`qituvchi uchun qadim faylasuflardan birining: "men shubhalanayapman, demak, men yashayapman", - degan so`zlari o`ziga xos aqida vazifasini o`taydi37.

O`qituvchining nutq madaniyati, muloqot xulqi nazariy asosda o`rganilgan tadqiqotlarning paydo bo`layotganini qo`llab-quvvatlash lozim. Masalan, Q.Rasulov «O`zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi» mavzuidagi tadqiqotida o`qituvchi muloqot xulqining funksional xususiyatlarini sosiolingvistik aspektda o`rgangan38.

Tadqiqotchining qayd etishicha, «Insondagi o`zga-rishlar, eng avvalo, uning xulqida, jumladan, mulokot xulqida namoyon bo`ladi39. Demak, ekologiya ijtimoiy muhitga, ijtimoiy muhit esa turli kasb egalari muloqot xulqiga ta’sir etadi.

Masalan: - o`quvchilarni surunkali tartibga chaqi-rish, ularning g’ala-g’ovurlarini bosib turish o`qituvchi-ning asablariga ta’sir qilib, uning muloqot xulqida, hatto mehmondorchilikka borganida xam bolalarning to`poloniga befarq bo`lolmaslik, to`polonchilarga «tek o`tir», «to`polon qilma» deb tanbeh berishlari kuzatiladi;

- alohida madaniyat yoki etika talab qilinadigan nufuzli idoralarda ishlaydiganlar muloqot xulqida hurmat bilan gapirish, tavozeni o`rinlatish, xushmuo-malalik xususiyatlari bo`rtib turadi»40.

«O`qituvchining diqqat (e’tibor)i, asosan, o`quvchilarni nazorat qilishga qaratilgan bo`ladi. Bu psixologik pozi-siya o`qituvchi nutqida buyruq, tanbeh, nasihat kabi ohang-larni reallashtiradi va faqat o`qituvchiga xos jargonlar va professionalizmlarni hosil qiladi: «Doskaga chiq!» yoki «Doskaga!», «To`g’ri o`tir!» yoki «To`g’rilan!», «Oldinga qara!», «E’tibor bering!», «To`g’ri yoz!», «To`g’ri o`qi!», «Qo`lingni ko`tar!» kabi. Bunday so`z va iboralar boshqa ijtimoiy guruh vakillarining nutqida deyarli uchramay-di. Qo`llanganda ham o`qituvchi nutqidagi presuppozision semantikani bermaydi. Shu o`rinda birgina o`qituvchi sosiolektiga xos bo`lgan professionalizmlardan biri «Qo`lingni ko`tar!» birikmasini qiyosiy tahlil etib ko`raylik. Aslida qo`lni ko`tarish noverbal vosita hisoblanib, rasmiy yig’ilish (majlis yoki kengash)larda ovoz berish sifatida «roziman», «noroziman» yoki «betarafman» kabi informasiyani ifodalaydi. Dars jarayonida esa o`quvchi tomonidan ifoda etilgan qo`lni ko`tarish harakati nolisoniy vosita sifatida «Men aytay», «Men javob beray», «Men tayyorman» kabi situativ informasiyalarni beradi.

O`tkazilgan sosiologik tadqiqotlarimizdan ma’lum bo`lishicha, 80% o`qituvchi darsni o`ziga xos so`roq ma’nosidagi daromad bilan boshlaydi: «O`tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishgan edik?», «Biz sizlar bilan nima haqda gaplashgan edik?» kabi. Bundan tashqari, dars davomida «o`qituvchi o`quvchilar oldiga savollar qo`yib, ularni to`g’ri javob berishga asta-sekin o`rgatib boradi»2. Bu harakat o`kituvchi nutqida «Xo`sh!», «O`ylab ko`raylik!», «Demak!», «Xullas!», «Aytaylik!» kabi kirish so`zlarni o`z-o`zidan hosil qiladi va o`quvchi diqqatini jalb etish uchun xizmat qiladi.

Shu bilan birga, o`qituvchi mimika, pantomimik, jestikulyasiya, kinesik va ko`z kontakti yordamida xam o`quvchilar bilan muloqotga kirishadi. Biroq noverbal vositalar ichida o`ziga xos informasiya beruvchi vositalar ham borki, ular o`quvchilarga muayyan axborotni yetkazadi. Masalan: o`tirgan stolini taqillatishi (bu harakat ruchka, ko`rsatkich va boshqa narsalar yordamida bo`lishi mumkin) - «Tinchlaning!», «Shovqin solmang!», «Quloq soling!», «Tushunib oling!» kabi axborotlardan birini uzatadi. Ba’zan bunday informasiyalar ko`z kontakti, ya’ni ko`z qarashi orqali ham ifodalanadi. Chunonchi, o`qituvchi nutqini to`xtatib, nigohini biror o`quvchiga alohida qadashi buyruq: «Gapir!», murojaat: «Sen!», ogohlan-tirish: «Gapirma!», olqish: «Barakalla!», tanbeh: «Jim o`tir!» va hokazo axborotlarni berishi mumkin. O`qituvchi o`zining qaysi ma’noda qarayotganini: «Halidan beri qarab-qarab qo`yyapman, o`zingn o`nglamayapsan-a?» kabi izoh bilan ham eslatib o`tishi mumkin»41.

«O`qituvchilar muloqot xulqida davrga xos xarakter, dunyoqarash sezilib turishi bilan birga, ularning o`zaro muloqotlari mavzu va mazmun jihatdan boshqa ijtimoiy soha vakillarining o`zaro muloqotlaridan keskin farq qilib, quyidagilardan iborat bo`ladi:

a) kommunikativ aktda ijtimoiy vazifasiga ko`ra o`qituvchilar nutq uslubining qay biridan qay tarzda foydalanishni auditoriyaga qarab belgilaydi;

b) kommunikativlik ma’rifiy va ma’naviy mazmundan iborat bo`ladi;

v) auditoriya uchun namuna ekanligini sezgan holda axloqiy chegarada qolishga harakat qilinadi;

g) nasihat, maslahat, tavsiya yoki tanbeh, jazo berishda ota-onalarga o`xshaydi; auditoriyaga hukmronlik qiladi;

d) darsdan tashqari holatlarda ќam o`qituvchi o`z kasbi doirasidagi muomaladan chiqib keta olmaydi.

Bularning barchasi o`qituvchi muloqot xulqi darajasi-ni, ya’ni o`qituvchi muloqot xulqining funksionallashuvi-ni ko`rsatib beradi»42.

O`qituvchi muloqot xulqida o`quvchilar bilan muomalasi jarayonidagi an’anaviylik (rasmiylik, ba’zan ortiqcha takror, bir xillik), ko`pincha, dars sifatiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Bunday jihatlarga darsni bir xilda boshlash, ya’ni har darsda bir xil so`z va birikmalar, jumlalarni ishlatish, nasihatbozlik, ortiqcha tartibga chaqirishlar, asabiylashgan paytda o`zini yetarlicha boshqara olmasdan, nojo`ya so`zlarni qo`llash, nutqning bir xilda (monoton holatda) bo`lishi va boshqalar kiradi. Zamonaviy o`qituvchi muloqot xulqi bunday salbiy holatlardan xoli, jonli, rang-barang, betakror, qiziqarli, ta’sirchan, eng muhimi, fan asoslarini to`la bayon qilishga asoslanishi lozim.

O`qituvchining ta’lim jarayoni va jamoatchilik orasidagi nufuzi nihoyatda katta. Ularning suhbatlashish madaniyati jamiyatdagi yuqori nufuzini, obro`-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim.

Tariximizdan hozirgacha yaratilgan ko`plab adabiyotlar-da muloqot madaniyati, suhbatlashish odobi to`g’risida nihoyatda foydali fikrlar va tavsiyalar bildirilgan. Ulardagi ayrim fikrlar bir-birini takrorlasa ham yuqori nutq madaniyati, nutq odobi, til ma’naviyati va ma’rifatini insonlar ongiga singdirishda munosib xizmat qila oladi. Masalan, professor B.O`rinboyevning qator tadqiqotlarida, xususan, «Suhbatlashish odobi» sar-lavhali maqolasida, jumladan, quyidagilar bildirilgan:

«Har bir kishining jamiyatdagi o`rni va mavqyei, uning o`z atrofidagi insonlarga munosabati salomlashish, yurish-turish, ovqatlanish, suhbatlashish jarayonida, ayniqsa, ko`proq namoyon bo`ladi.

Har bir komil inson suhbatlashish odobi qoidalariga ham rioya qilishi lozim. Bizningcha, bu qoidalar quyidagi-lardan iborat deb hisoblaymiz:

1. Suhbatlashganda suhbatdoshingizni qiziqtiradigan mavzuga e’tiborini qaratishga intiling.

2. O`zingiz haqingizda kamroq gapiring. Har qanday qiziqarli suhbat davom ettirishga imkon bermaydigan ezma va laqmalarga ergashmang. O`zingiz o`qigan kitoblar, ko`rgan kinofilmlar, sport musobaqalari, go`zal tabiat manzaralari haqida gapirishga odatlaning.

3. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglashga o`rganing. O`z gapi, hikoyasini tugatmasdan so`zini bo`lmang. So`zini oxirigacha eshitgach, suhbatdoshga e’tirozingizni bayon eting. Qanchalik diqqat va e’tibor bilan tinglashga erishsangiz, kishilar siz bilan suhbatlashishdan shuncha-lik zavq oladi.

4. Suhbatdoshingizga nisbatan baland ovozda gapirmas-likka harakat qiling. Chunki baqirok kishilarga nisbatan ovozini baland ko`tarmay me’yorida gapiruvchilarni suhbatdoshlar diqqat bilan tinglaydilar.

5. Suhbatdoshingiz sizning gapingizni bo`lsa, jim turib uning e’tirozini oxirigacha tinglang. Agar ikka-langiz ham baravar, gapirsangiz bir-biringiz nima deganingizni tushunmaysiz.

6. Suhbatdoshingizning ko`ziga qarab so`zlashing. Hyech vaqt uning qo`lidan, tugmasidan ushlab, yelkasiga qoqib fikringizni quloq solishiga intilmang. Suhbatdosh diq-qatini qo`l bilan emas, balki so`z bilan qaratishga intiling.

7. Suhbatlashish odobiga doir xalq maqollaridan o`rinli foydalaning…

Suhbatlashish odobining ana shu qoidalariga amal qilish har bir komil insoniylik burchidir»43.

Muloqot madaniyati va mezoni sohasida faol tadqiqotlar olib borayotgan Siddiq Mo`minning «Muloqot mezoni» nomli kitobida «…tinglash xosiyatlaridan tor-tib, salomlashish, murojaat, talaffuz, tabassum, so`zning hayotbaxsh qudrati kabi xalq ma’naviyatining muhim qirralari haqida qiziqarli fikrlar» bildirilgan44.

Tadqiqotchining yozishicha, 1. «…o`qish ham tinglashning bir ko`rinishi bo`lib, bu mehnat orqali kishi ko`p ulug’ zotlar suhbatidan bahramand bo`ladi. Zero, tinglash ham kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o`ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir». «Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda sigir ma’rab qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qilmaydi…» (Abdulla Qahhor).

2. Qisqa va mazmunli so`zlash muloqot mezonining asosiy shartlaridan biridir. «Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. Zero, «Haqiqiy gapdonlik – kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hyech narsa demaslikdir» (D.de Laroshfuko).

3. Muloqot jarayonida «suhbatdosh shaxsiga e’tibor» ham muhim. «Ayollar nutqi erkaklar nutqidan har jihatdan: tovushlar ifodasi, lug’at tarkibi, gap qurilishi kabi tomonlardan sezilarli darajada farqlanib turadi. Erkaklar nutqi ham qisqa va lo`ndaligi, bosiq va qat’iy ohangda aytilishi va boshqa juda ko`p jihatlari bilan ayollar nutqidan farqlanadi».

«Kishilar bilan muloqotda so`zlovchi o`zining va suh-batdoshining yoshini inobatga olishi, ayniqsa, muhimdir».

4. «Inson qalbida kechadigan har qanday tuyg’u esa beixtiyor tilida ham zohir bo`ladi. …». «Ha, «Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan» deganlaridek, Sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz (e’tibor berayapsizmi, shu yerda ham o`zingizni o`ylayapsiz), odamlar bilan shunday muomalada bo`ling. Shunday qilingki, Siz bilan muloqotda bo`layotgan kishi ozgina bo`lsa-da Sizdan o`zini ustun deb hisoblasin. Buning uchun so`nggi so`zni, hukm chiqarish huquqini uning ixtiyorida qoldiring».

5. «Insonning bu yorug’ olamda qiladigan eng ulug’ amallaridan biri – bu, o`zidan yaxshi nom qoldirishdir. «Mehr qolur, muhabbat qolur» deganlaridek, odamzotdan qoladigan eng ulug’ meros faqat bitta – yaxshi va shirin SO`Zdir».

6. Suhbat salomlashish va murojaat qilishdan boshla-nadi. Murojaat qilish odobini unutmasligimiz zarur.

7. «Tilni tiymoq odoblariga baqirib-chaqirmaslik, so`z orqali birovning dilini og’ritmaslik va eng muhimi, gapirish zarur bo`lmagan paytda sukut qilishlik kabilar kiradi.

Aloqa – aralashuvda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham nolisoniy vosita sifatida ishtirok etadi va o`ziga xos muomalaviy mazmun ifodalaydi».

8. Muloqot jarayonida insonning chiroyi ochiq bo`lishi, tabassum bilan boqishi ham muhimdir.

9. «Ohang – so`z va gapning libosi bo`lsa, bu til va nutq birliklari qanday ifoda etilishiga ko`ra uning ma’no-lari o`zgarib turadi». «Gap so`zda emas, ohangda, qaysi so`zning qanday talaffuz etilishida» (V.G.Belinsikiy).

«Ovozning shirali va yoqimli bo`lishi, ayniqsa, so`zlashuv nutqida muhim ahamiyat kasb etadi».

Yuqoridagilar va kitobda qayd etilgan boshqa jihat-lar muloqot jarayonlarining o`ziga xos mezonlari ekanli-gini ta’kidlagan Siddiq Mo`min har bir holatga hayotiy misollar, allomalarning fikrlari, turli hikoyatlar, maqol va hikmatli so`zlardan misollar keltiradi. Mazkur kitob muloqot mezonlarini o`rganish va ularga e’tiborli bo`lishda o`ziga xos muhim amaliy manba hisoblanadi45.

Jamiyatdagi ijtimoiy muhit insonlar muloqot xulqi-ga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Jamiyatdagi tinchlik, oso-yishtalik, barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-axloqiy muhit, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar insonlarning, qaysi kasbda ishlashidan qat’iy nazar, muloqot jarayoni yuqori madaniyatli bo`lishiga xizmat qiladi.

Insonlar o`rtasidagi muloqot jarayoni samimiy, mada-niyatli, odob-axloq doirasida bo`lishi ularning bilim darajasi, tafakkur doirasi, dunyoqarashi, islohotlarga ijobiy munosabati, milliy qadriyatlar, urf-odatlardan unumli foydalanishi kabilarga ham bog’liq. Bunday fazilatlarni tarbiyalashning asosiy mas’uliyati, albatta, o`qituvchilar, pedagoglar, ustozlar, ota-onalar zimmasida-dir. Shuning uchun o`qituvchining muloqot madaniyati va nutq mahorati yuqori bo`lishi talab etiladi.




Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin