Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги


-mavzu: O`QITUVChI NUTQI VA ADABIY ME’YoR



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə14/98
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

4-mavzu: O`QITUVChI NUTQI VA ADABIY ME’YoR
Reja:

    1. Til tushunchasi.

    2. Me’yor tushunchasi.

    3. O`zbek adabiy tili me’yoriy ko`rinishlari.

  1. Nutq jarayonida me’yorning buzilishi va ularni tuzatish yo`llari.

  2. O`zbek tilining hozirgi me’yoriy holati uning madaniylik mezoni ekanligi.


Til tushunchasi

Tilshunoslik fanining tadqiqot obyekti bo`lgan til jamiyat mahsuli, jamiyat quroli sifatida o`z ta’rifiga, tavsifiga, mantiqiy izohiga ega. Bu – tabiiy. Chunki ta’riflanishi zarur bo`lgan ushbu ijtimoiy hodisa taraqqiyot mezoni, hayot ko`zgusi sifatida, millat ruhiyu tarix tarjimoni sifatida jamiyatga xizmat qilib kelmoqda. Demak, jamiyat va til tushunchalari o`zaro ajralmas-dialektik bog’liq bo`lib, ular mantiqan biri ikkinchisini to`ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo`lmaydi, biri ikkinchisiga faol xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, jamiyatning mavjudligi tilning mavjudligini, tilning mavjudligi esa jamiyatning mavjudligini talab qiladi. Shunga ko`ra jamiyat tushunchasi qay darajada o`z ta’rifiga ega bo`lsa, til tushunchasi ham shu darajada o`z ta’rifiga, tavsifiga egadir.

Tilshunoslik tarixida ham, hozirda ham tilning ta’rifi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan va qaratilmoqda.

Ma’lumki, tilshunoslik tarixida qator lisoniy (lingvistik) maktablar, oqimlar, yo`nalishlar bo`lib, bular ichida, ayniqsa, hind, yunon va arab tilshunoslik maktablari alohida o`rin egallaydi.

Arab tilshunoslik maktabining til masalalaridagi ulkan xizmatlari dunyo tilshunosligida tan olingan bo`lib, bunda, ma’lumki, O`rta Osiyolik allomalarning - kelib chiqishi eroniy xalqlardan bo`lgan Xalil ibn Ahmad, Sibavayx Albasriy, turkiylardan Mahmud Koshg’ariy, Mahmud az Zamaxshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning xizmatlari alohida yuksak qadrlanadi, e’tirof etiladi. Jumladan, til masalalariga jiddiy e’tibor bergan buyuk allomalardan biri Alisher Navoiy hazratlari tilning kishilar orasidagi aloqa ehtiyoji nattijasida paydo bo`lganini, so`zlash qobiliyati insonga alloh tomonidan berilganligini, ammo so`zlarni inson-ning o`zi yaratgani, nutqniig quroli til ekanligini alohida qayd etadi.

Umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi, til ilmining buyuk bilimdoni yevropalik Vilgelm fon Gumboldt til masalalariga - tilning ta’rifi muammosi-ga alohida jiddiy ahamiyat bergan. V.fon Gumboldt tilni doimiy taraqqiyotda, rivojlanishda, o`zgarishda oladi va undagi o`zgarishlarni, taraqqiyotni, rivojlanish-ni bevosita, mutlaqo haqli ravishda, jamiyat bilan bog’liq holda ta’riflaydi. Shunga ko`ra Gumboldt har bir xalq-ning tilida shu xalqning tarixini, madaniyatini, ma’na-viyatini, umuman, uning butun ma’naviy-ruhiy dunyosining namoyon bo`lishini ta’kidlaydi.

Tilshunoslik tarixida V. fon Gumboldt, Bodu-en de Kurtenelar bilan bir qatorda turuvchi ulkan tilshunos-lardan yana biri shveysariyalik fransuz Ferdinand de Sossyurdir.

Ferdinand de Sossyur fikricha, til va nutq o`rtasida mutlaq qarama-qarshilik mavjud bo`lib, shunga ko`ra til lingvistikasi va nutq lingvisttikasi kabi ikkita fan bo`livsh kerak. Albatta, bu mubolag’a bo`lib, tilshunoslik fani til va nutqni dialektik munosabatda, bog’liqlikda o`rganadi.

Til nihoyatda murakkab va ko`p tarmoqli, ko`p qirrali hodisa bo`lganligiga va uning qaysi jihatlari ajratili-shi, yoritilishi lozimligiga kura u turli nuqtai nazardan ta’riflanadi, tavsiflanadi. Boshqacha aytganda:


  1. Vazifa nuqtai nazaridan til kishilarning o`zaro fikr almashish vositasi, shuningdek, fikrni shakllan-tirish, ifodalash va o`zgalarga yetkazish qurolidir.

  1. Tuzilishi, tashkil topishi nutqai nazaridan til muayyan birliklarning jami va ulardan foydalanish, ularni o`zaro mantiqdy aloqaga kiritish qoidalaridir.

  1. Mavjudligi nuqtai nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulot sifatida qayd etiladi.

  1. Semiotika nuqtai nazaridan til belgilar sistemasi bo`lib, moddiy birliklardan – fonemalardan tashkil topa-di. Ushbu fonemalarning barqaror birikishlari o`zidan tashqaridagi muayyan predmet-hodisani (nimanidir) anglatish, bildirish xususiyatiga ega bo`ladi.

5. Informasiya nazariyasiga ko`ra til kod bo`lib, uning yordamida, u orqali semantik informasiya (axborot, xabar, ma’lumot) kodlashtiriladi, muayyan shartli belgilarga "joylashtiriladi" va boshqalar.

Tilga turli nuqtai nazardan berilgan ta’riflar ichida, shak-shubhasiz, til jamiyatning-jamiyat a’zolari-ning eng muhim va eng asosiy aloqa vositasidir, qurolidir, degan ta’rif yetakchilik qiladi. Chunki ushbu ta’rifdan ikkita eng muhim g’oya kelib chiqadiki, ayni g’oya tilning butun mohiyatini, jamiyatdagi o`rnini, jamiyat taraqqiyotidagi qudratini, quvvatini, moddiy hodisa sifatidagi ahamiyati kabilarni qamrab oladi. Bu g’oyalar:

1. Til o`zaro aloqaning, fikr almashishning eng muhim, eng asosiy, eng ta’sirchan vositasidir.

2. Til o`zaro aloqaning insonlar-jamiyat bilangina bog’liq shakli, ko`rinishidir.

Ma’lmki, tilning jamiyatda aloqa quroli rolini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qila-di. Tilning muayyan xabar, darak ifodalab, ta’sir qilishi esa uning ekspressiv vazifasi hisoblanadi. Ekspressiv vazifa muayyan xabar ifodalash va tinglovchiga yetkazish kabi informativ vazifani hamda his-hayajon, hissiyot (emosiya) ifodalash kabi emotiv vazifani ham o`z ichiga oladi. Shuningdek, til biror istak, xohish bildirish vazifasini-volyuntativ funksiyani ham bajradi. Tilning xabar, sezgi, his-hayajon, xohish-istak ifodalash va ularni tinglovchilarga «berish», yetkazish - bular birgalikda til-ning ekspressiv jihatini - vazifasini tashkil qiladi.

Ayni vaqtda til millatlararo aloqa vositasi, tajriba va bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazish quroli ham bo`lib, bu jarayonlar tilning akkumulyativ (to`plash, yig’ish) vazifasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi, ayni vaqtda, uning gnoseologik (bilish jarayoni) funksiya-si deb ham yurtiladi.

Xullas, til jamiyatning aloqa quroli sifatida nutq tovushlaridan, ularning o`zaro bog’lanishidan hosil bo`ladigan so`zlardan, grammatik vositalardan va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish qoidalaridan tashkil topgan ijtimoiy-tarixiy, madaniy va mantiqiy sistema-dir, ma’naviyat belgisidir46.
Til va nutq

Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridai biri bo`lib, ayni masala jahon tilshunos-ligining doimiy diqqat markazida turgan va hozirda ham shunday.

XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo`ldi. Ushbu muammo tarixiga nazar tashlasak, prof. H.Ne’matovning ma’lumot berishicha, til va nutq hodisalarini o`zaro farq-lash dastlab VII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunos-ligining til o`rganish usullarida ko`rish mumkin. Prof.A.Nurmonovning tadqiqotida esa temuriylar davri o`zbek tilshunosligining sardori bo`lgan Alisher Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari farqlangani, alloma shu masalaga alohida e’tibor bergani qayd etiladi.3

Ta’kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o`zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy-nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi.

Til va nutq dialektikasida til o`ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo`lgan bir butun sistema sifatida faoiyat ko`rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaq to`g’ri ta’kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasi-ning bir-biri bilan uzviy bog’langan tovush tomoni, lug’at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo`lib, ular birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi.

Demak, til sistemalar sistemasi – supersistema, mak-rosistema sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`ladi, ijtimoiy-amaliy vazifa bajaradi.

Tilning ijtmoiy mohiyati jpaamiyatda aloqa-aralashuv quroli bo`lishida ko`rinadi.

Ijtimoiy-psixik jarayon bo`lgan til o`zining jamiyat-dagi kommunikativ - umuman har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq, ko`rinishida, nutq orqali amalga oshiradi. Nutq til sistemasining so`zlashuv, fikr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi - matndagi muayyan ifodasidir, ko`rinishidir, holatidir. Shunga kura S.Usmonov "Til qachon ma’lum funksiyani bajarishi mumkin? Til nugq sifatida namoyon bo`lgandagina ma’lum funksiyani bajari-shi mumkin", deydi. Miyamizda (ongimizda) obyektiv olamning ta’siri tufayli hosil bo`lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan til (nutq) orqali voqyelashadi. Yana ham aniqrogi, har qanday fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo`lish, faqat til materiali orqali amalga oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo`ladi. Til aloqa quroli, insonlar orasidagi munosabat vositasi deb baholanganida til materialiga asoslangan... nutq ko`zda tutiladi.

Til va nutq o`rtasidagi bog’liqlik, o`zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham ma’lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqt-ning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq shu materialdan fikr shakllan-tirishdir.

Bizningcha ham, nutq sistemadir, sistem xarakterga egadir. Ammo u tilga nisbagan ikkinchi darajali sistema bo`lib, til sistemasiga asoslanadi, undan imkoniyat sifa-tida foydalanadi. Til sistemasi asosida nutqiy sistema, nutq faoliyati, fikrniip ifodalash sistemasi yuzaga keladi.

Tilning yashashi, mavjudligi, taraqqiyoti nutq orqali buladi. Masalan, men o`z nutqimda o`zbek tilidan foyda-lanib gapiryapman, demak, bu o`zbek tilining mavjudligi, uning yashayotganligidir. Demak, tilning har bir aniq ko`rinishi real nutqdir, nutq faoliyatidir.

Til inson xotirasida mavjud lisoniy (lingvistik) birliklardan va qoidalardan iborat xazinadir. Nutq esa ushbu birliklarning muayyan qoidalar asosidagi faol harakati, muayyan ijtimoiy vazifa bajarishi, ya’ni nutq jarayondir, amaliyotdir. Til ham, iutq ham ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan til va nutq biri ikkinchisi orqali amalga oshadi, ya’ni til nutq orqali, nutq esa til orqali voqyelashadi, namoyon buladi.

Til va nutq o`zaro aloqador, bir-biri bilan bog’liq, biri ikkinchisisiz mavjud bo`lmaydigan, ammo bir-biridan farqli bo`lgan ijtimoiy hodisalardir.

Til mavhumdir, nugq esa aniqdir, ya’ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.

Nutq - alohida shaxsga, individga bog’liq, Til esa alohida shaxsga, individga bog’liq emas.

Tilning ijodkori, yaratuvchisi xalq, A.A.Potebnya aytganidek, til xalqning mahsulidir. Nutqning esa ijodkori individdir, insondir.

Nutq baland va past, tez yoki sekin, uzun yoki qisqa, mimikali yoki mimikasiz, qo`l harakati bilan (jest) yoki qo`l harakatisiz, aniq yoki noaniq bo`lishi mumkin, tilga bunday ta’rif-tavsif to`g’ri kelmaydi.

Nutq ham monologik, ham dialogik bo`la oladi. Til esa monologik ham, dialogik ham bo`la olmaydi.

Til - aloqa quroli, nutq - aloqa usuli.

Til - imkoniyat, nutq - voqyelik, ta’sirchanlik.

Til - umumiylik, nutq - xususiylik, alohidalik.

Nutq kelib chiqishiga ko`ra birlamchi, ya’ni oldin nutq - nutq tovushlari paydo bo`lgan, til esa ikkilamchi, nutq asosida shakllangan, tashkil topgan.

Til tahlil qilish yo`li orqali, nutq esa qabul qilish va tushunish orqali bilinadi.

Tilning hayoti uzoq, xalqning hayoti bilan bog’liq, nutqning hayoti esa qisqa, ya’ni aytilgan vaqtdagina mavjud.

Tilning alohida vazifasi bo`lgan nutq psixologiya, tilshunoslik (uslubshunoslik, nutq madaniyati va b.), fiziologiya (nutq apparatining tuzilishini o`rganadi), informasiya nazariyasi va boshqa fanlar tomonidan tekshiriladi.

Til - tilshunoslik, falsafa, mantiq, tarix, semiotika va boshqa fanlar tomonidan o`rganiladi.

Til va nutq orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq faoliyati natijasida nutq shakllanadi. Nutq esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. Til birliklari yana nutq faoliyati - faolligi uchun xizmat qiladi47.

Ma’lumki, «Til madaniyati, deganda, ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida, hamma tushunadigan va qo`llay oladigan darajaga keltirilgan-ligi, ma’lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun-qoidalari va me’yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari (ajdodlar tomonidan ishlatishga to`la yaroqli holga keltirib qo`yilgan ifoda vositalari: tovushlar, so`zlar, qo`shimchalar, qoliplar kabilar) va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta’minlovchi qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi». «Qaysi tilda bu qonun-qoidalar past darajada ishlangan bo`lsa, o`sha tilni madaniy til sifatida baholab bo`lmaydi. Til madaniyati-ning pastligi esa, oxir-oqibatda shu til vakillari nutq madaniyatining ham past bo`lishi uchun sabab bo`ladi»48.




Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin