Tikuv mashinasi bahya hosil qilishda zarur bo’lgan quyidagi asosiy mexanizmlarga ega: igna mexanizmi, halqa iluvchi yoki moki, mato suruvchi, ipli apparat yoki ipni tortib turuvchi mexanizmlar.
Bu asosiy mexanizmlardan tashqari mashina qґshimcha mexanizmlarga ega bo’lishi mumkin: pichoq mexanizmlari, qo’shimcha ip taxlovchi moslama va boshqalar.
Mashinaning asosiy mexanizmlari asosiy valdan harakat oladi. U hamma mexanizmlarning bir xilda ishlashini ta’minlaydi. Asosiy valning bir aylanishida bahya hosil qilishning umumiy davri yakunlanadi. Asosiy valga uning oxiriga mahkamlangan g`ildirak orqali uzatma moslamadan harakat beriladi.
Tikuv mashinalarining klassi /sinfi/
Har bir guruh ichida bahya tuzilishi va konstruktiv xususiyatlariga ko’ra mashinalar bir - biridan farq qiladilar.
Mashinaning texnologik tavsifi (qo’llanilishi, ignalar soni, iplar soni, bahya turi, mashina o’lchami va boshqalar) juda keng. Shuning uchun tayyorlovchi zavod o’zining tavsifini qo’llaydi. Bunda mashinalar sinf va variantlarga bo’linadi.
Tayyorlangan zavod tomonidan har bir sinfdagi mashinaga tartib raqami belgilanadi. Mashina sinfi varinatlarga ajratiladi. Bular bir sinfdagi mashinaga biror bir o’zgartirish kiritilganini ko’rsatadi.
Masalan: M.I. Kalinin nomidagi Podolьsk mexanika zavodi ichki kiyim tikish uchun 208 klasli overlok, ustki trikotaj buyumlarini tikish uchun esa 208 – A klasli overloklarini ishlab chiqargan. Bu mashinalar uncha katta bo’lmagan konstruktiv o’zgarishlar bilan bir-biridan farq qiladi.
TRIKOTAJ BUYUMLARINI TIKISHDA QO’LLANADIGAN BAHYA, BAHYA QATORLARI VA ChOK TURLARI
Bahyalar to’g`risida umumiy ma’lumotlar
Trikotaj buyumlarini tikishda, detallarni birlashtirishda va buyumlarga ishlov berish uchun har xil turdagi bahyalar, choklar va bahya qatorlar qo’llaniladi.
Ma’lumki, trikotaj matosi gazlamalardan farqliroq yuqori cho’ziluvchanlikga, ya’ni halqalari cho’ziluvchanlik xususiyatiga ega. Shu boisdan, trikotaj buyumlarini tikishda qo’llaniladigan choklar trikotaj xususiyatiga mos keladigan, ma’lum pishiqlikka va cho’ziluvchanlikka ega bo’lishi kerak. Choklar buyumlarning eng chekka halqalarini so’tilib ketishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Kerakli xossali chok olish uchun hamda buyum tayyorlashda chokni to’g`ri tanlash uchun chok hosil qiluvchi bahya va bahya qatorlarining xossalarini bilish zarur.
Bahya deb - tikish jarayonida materialga kiritiluvchi tikuv iplarining urilish elementiga aytiladi.
Bahya qatori deb - bahyalarni ketma-ket birlashishiga aytiladi. Bahya qator chok hosil qilish uchun qiroqlarni yo’rmalash uchun va buyumga ishlov berish uchun qo’llaniladi.
Chok deb - ikki va undan ortiq material qatlamlarini bahya qatorlar bilan birlashtirishga aytiladi. Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, chok va bahya qatori orasidagi katta farq shundan iboratki, chok hosil qilish uchun kamida ikki qavat material etarlidir.
Hamma bahyalar, choklar va bahya qatorlari sinflarga va turlarga ajrtiladi.