Yassi bahyalar ikkita, uchta, to’rtta ignalar va bitta yoki bir nechta halqa iluvchilar bilan hosil qilinishi mumkin.
Ikki ignali uch ipli yassi bahyalarda (Rasm - 3.2.3., a) ikkita ustki A va B igna iplari mato orasidan o’tadilar, matoni ostki sirtida ostki V ip (halqa iluvchini ipi) ikkala igna ipi boylab igna halqalariga kiradi. Matoni ostki tomonidan bu bahya qator ikkita punktir chizig`i ko’rinishiga ega bo’ladi. Ostki tomonida esa halqa iluvchi ipini halqalari zigzagsimon ko’rinishida bo’ladi va igna ipi halqalari ko’rinar - ko’rinmas bo’ladi. Agar mashinada bitta ignali uch ipli bahya ko’ndalang yo’nalishda katta cho’ziluvchanlikka ega bo’lmasa, buyumlarni pastki qismlarini buklab tikishda qo’llasa bo’ladi.
Yurmalovchi baxya va baxya katorlar
Yo’rmalovchi bahyalar trikotaj buyumlarini yo’rmalab tikishda keng tarqalgan. Bu esa olinayotgan chokni cho’ziluvchanligi, elastikligi, pishiqligi yaxshi bo’lganligi tufaylidir. Ichki kiyimlarda 60 % gachasini yo’rmalovchi choklar tashkil qiladi.
Yo’rmalovchi choklar bilan bir vaqtni o’zida tikilayotgan detallarni chetlarini yo’rmalab qo’shib tikiladi. Mashina turiga boyliq holda yo’rmalovchi bahyalar statechnыy va overlok bahyalar bir ipli, ikki ipli, uch ipli va ko’p ipli bo’ladi.
Statechnыy bahyalar asosan butun qirg`oqli trikotajlarni tikishda qo’llaniladi.
Overlok mashinasi bichilgan buyumlarni tikishda qo’llaniladi. Chok kengligi statechnыy chokni kenligidan kattaroq. Bu esa chokdan iplarni osilib turishga yo’l qo’ymaydi. Trikotaj buyumlari uchun ko’proq qo’llaniladigani uch ipli overlok bahyalardir (Rasm - 3.2.4.).
Ikki ipli overlok bahyalar (Rasm - 3.2.4.,v) buyumlarni bostirib tikish uchun qo’llaniladi. Bunda igna ipi buyumni o’ng tarafidan tikib kelmasdan trikotaj qatlamini orasidan o’tishi kerak.
Ko’p ipli overlok bahyalar (Rasm - 3.2.4., g-e) qir g`oqlari so’kiluvchan trikotaj buyumlarini tikish uchun qo’llaniladi.