Trikotaj mahsulotlariga ishlov beruvchi tikuv mashinalari halqa bahyali va moki bahyali turlariga bґlinadi.
Ichki kiyim mahsulotlarini bir vaqtning o’zida tikish bilan unga rezinka bog’lagichni qo’yish va chetlarini yiQish (grafirovanie) mumkin. Rezinka qo’yib tikish mashinasi bir necha xil bo’lib, ular ignalar soni va ular orasidagi masofasi, hamda halqa iluvchilari bilan farqlanadi. Bunday mashinalar bir ignali, ikki ignali va ikkita halqa iluvchili, ikkita bir ignali, ikki ignali va ikkita halqa iluvchili, ikkita ignali bitta halqa iluvchili turlari bo’ladi.
Kashta tikuv mashinasi ustki trikotaj mahsulotlariga ishlov beradi, uning bahyalari har xil kґrinishli bґladi. Mashinaning tezligi - 1200 ayl/min. Bu mashinada tezlik oyoq bilan pedalьga bosish kuchiga bog’liq. Mashinaning tezligi tikiladigan kashtaning murakkabligiga ham bog’liq bo’ladi.
95 - klas PMZ tugma tikuvchi yarim avtomat mashinasi yassi ikki teshikli va to’rtta teshikli tugmalarni (diametri 10 mm-32 mm gacha) tikishi mumkin. Ikkita teshikli tugmalar ignani 10 ta harakati natijasida tikilsa, to’rtta teshikchali tugmalar esa ignanig 20 ta harakatida tikilib ularning oxirgi harakatlari mustahkamlovchi bo’lib hisoblanadi. Bu tugmalarni qadash usullari turlicha.
204 - klas PMZ halqa kuklash mashinasi. Bu mashinaning tezligi - 1500 ayl/min bo’lib, 3000 ta bahya tikadi. Hosil bo’ladigan halqaning uzunligi 9 mm - 30 mm gacha va kengligi 1,5 mm - 2 mm gacha bo’lishi mumkin. Halqalarning
umumiy kengligi sozlanib, 3,5 mm - 4,5 mm gacha bo’ladi. Bahyalar chastotasi 14
20 ta bahya, 1 sm ga to’g’ri kelishi mumkin.
Ishlov beruvchi mokili maxsus mashinalarining turlari har xil bґlib, ularga asosan quyidagilar kiradi: zig - zag bahyali 26, 55, 75 va 275 klas mashinalari, gul tikadigan mashinalar, tugma qadovchi yarim avtomatlar misol bo’la oladi.