Halqa bahyali mashinalaridagi halqa iluvchi va mokili mashinalardagi moki, tikilayotgan matoda halqa iluvchi, igna ipini ushlab qolish va ip halqasini hosil qilish uchun m o’ljallangan (Rasmlar 2.2. va 2.2.1.). Bahya turi va mashina konstruktsiyasiga bo g`liq holda halqa iluvchi har xil tuzilishga ega. Asosan halqa iluvchi ilmoq shaklida bґlib har xil kattalikda va konstruktsiyada b o’ladi. Bahya hosil qilishda halqa iluvchiga ip o’tkazilishi mumkin. Bu holda halqa iluvchida 2 (Rasm 2.1., b), ip yo’naltiruvchi teshik 1 va ip o’tishi uchun o’yiqcha 3 bo’ladi. Agar mashinada bahya hosil qilishda halqa iluvchiga 2, (Rasm - 2.1., a), ip o’tkazilmasa (bir ipli zanjir bahya, ikki ipli yo’rmalovchi bahya), unda halqa iluvchiga har xil shakl 1 berish mumkin.
Mato suruvchi (transporter) tikilayotgan matoni bahya uzunligiga teng bo’lgan kattalikka surish uchun xizmat qiladi. Mato suruvchilar quyidagi turlarga bo’linadi: reyka tishli (Rasm 2.32.3., a), kettel mashinalarida ignali (Rasm 2.3., b) va diskli (Rasm 2.3., v).
Ip berish appartalari ip tortuvchi (halqali bahya mashinalarida) yoki ipni tortib oluvchi (mokili mashinalarida), ip berish uchun va bahya tortib qo’yish uchun xizmat qiladi. U ip yo’naltiruvchilardan va ip tarangligini sozlovchi moslamalardan iborat (Rasm - 2.4.).
a— kulachokli;
b— sharnir-sterjenli; v— kulisali;
g—aylanma uzatkich
Rasm - 2.4. Ip uzatish apparatlar turlari